Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, 'Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida'gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni oʻtash chogʻida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, 'Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida'gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti
Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi
'Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik
Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi
Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yoʻlovchilar soni 5 barobarga oshgan.Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi, xolos. Bu ' talabga nisbatan juda past.Parvozlarni boshqarish va yo
Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi
Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, 'Davr bank' ATB tomonidan eʼlon qilingan tashqi reklamalarda 'Davr mobile' ilovasida 50 mln soʻmgacha onlayn mikrokredit' mazmunidagi reklama axboroti berilganligi aniqlangan. Bu reklamada mikroqarzning 43 foiz yillik ustamasi, oylik ish haqi talab etilishi kabi talablar koʻrsatib oʻtilmagan.Shuningdek, Toshkent shahridagi LED monitorli reklama obyektlarida 'Tadbirkorlar uchun 5 milliard soʻmgacha kredit, 24