calendar 09 Oct 12:39
eye 46
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

image
'Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash; kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, oʻzlashtirish va joriy qilish; kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish; rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash boʻyicha test sinovlarini hamda psixologik soʻrovnomalar oʻtkazish; rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qoʻyish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish; faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Feb 01:18
 
25
0
xs.uz

Pokiston Bosh vazirining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan oliy darajadagi muzokaralar va qoʻshma biznes-forumdan soʻng mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻygan.

26 Feb 17:05
 
27
0
xs.uz

“Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80-yilligi” esdalik yubiley medali taʼsis etildi

2025-yil 9-mayda Xotira va qadrlash kuni o'tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Vatan himoyasi yo'lida mardonavor kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida e'tibor va chuqur ehtirom ko'rsatish, g'alabaga bebaho hissa qo'shgan O'zbekiston fuqarolari ' 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib ravishda izzat-ikrom bilan sharaflash maqsadida:1.'1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 8

26 Feb 17:04
 
29
0
xs.uz

Samarqand va Xorazmda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida aksiz markasiz tamaki va alkogolli mahsulotlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi qalbaki mahsulotlar musodara qilindi.Samarqand viloyatining Narpay tumanida 'Alisher Navoiy' mahallasida joylashgan savdo doʻkoni tekshirildi. Fuqaro M.N. sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan 51 turdagi, umumiy bahosi 41,3 mil

06 Mar 16:11
 
9
0
xs.uz

10 ming 258 ta oilaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dan chiqarilishiga Bosh Prokuratura izoh berdi

Joriy yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida ijtimoiy yordam mablagʻlarini olib kelayotgan va moddiy ahvoli yaxshilangan 10 ming 258 ta oila 'Ijtimoiy himoya yagona reyestri'dan chiqarildi. Bu chora-tadbirlar haqiqiy ehtiyojmand oilalarga davlat yordamlarini manzilli yetkazish maqsadida amalga oshirildi, deb yozadi Bosh Prokuratura matbuot xizmati.Xabar qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida bunday holatlardan biri aniqlandi. U yerda fuqaro A.Sh. oʻz xonadonida tomorqada