“Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80-yilligi” esdalik yubiley medali taʼsis etildi

1.'1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 80-yilligi sharafiga 'Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligi' esdalik yubiley medali ta'sis etilsin.
2.'Belgilab qo'yilsinki, 'Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligi' esdalik yubiley medali bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ' '1941-1945-yillardagi Ulug' Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g'alaba uchun' va 'Yaponiya ustidan qozonilgan g'alaba uchun' medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomasiga ega bo'lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi front orti mehnat faxriylari, shu jumladan, '1941-1945-yillar Ulug' Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun', 'Mehnatdagi jasorati uchun', 'Mehnatda o'rnak ko'rsatganligi uchun' medallariga yoki 1941-1945-yillardagi urush davrida Qurolli Kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo'yicha shtat lavozimida bo'lganligi to'g'risidagi guvohnomaga ega bo'lgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadi.
3.'Quyidagilar:
'Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligi' esdalik yubiley medali to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
'Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligi' esdalik yubiley medali va tavsifi 2-ilovaga, uning guvohnomasi va tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4.'O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda 'Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligi' esdalik yubiley medali bilan mukofotlanishi lozim bo'lgan 1941-1945-yillardagi urush faxriylari va nogironlarining, mehnat fronti qatnashchilarining aniq ro'yxatini tuzib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5.'O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Markaziy bank va 'Suvenir' mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan birgalikda bir oy muddatda 'Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligi' esdalik yubiley medallari va ularning guvohnomalari blanklari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasi mablag'lari hisobidan tayyorlanishini ta'minlasin;
ikki hafta muddatda esdalik yubiley medallarini topshirish va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevraldagi 'Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida'gi PF'24-son Farmonida nazarda tutilgan bir martalik pul mukofotlarini to'lash tartibini belgilasin.
6.'Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.'Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.'Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
O‘zbekistonlik kardiojarrohlar amerikalik mutaxassislar bilan noyob jarrohlik amaliyotiga qo‘l urdi
Avvallari, koronar arteriyalar (yurak qon tomirlari) chuqur va ko'p joydan zararlangan bemorlarda mini invaziv jarrohlik usullarini amalga oshirish deyarli imkonsiz edi. Ammo, endi buning imkoni bor. Markazda amerikalik shifokorlar bilan birgalikda o'zbekistonlik kardiojarrohlar tomonidan qon tomirlardagi kalsiyli to'planmalarni xavfsiz tarzda parchalash imkonini beruvchi innovatsion lazerli litotripsiya usuli amalga oshirildi va qon aylanishini tiklaydigan stentlar muvaffaqiyatli o'rnatildi.Alb
Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga yuz bergan aviahalokat yuzasidan taʼziya maktubi yoʻlladi
Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qo
Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi intensiv bogʻda sarxil mevalar hosilini koʻzdan kechirdi
'Meridian Tempo' korxonasiga qarashli ushbu 54 gektar bogʻda gilos, olma, nok va malinaning eksportbop navlari ekilgan. Koʻchatlar Fransiya va Ispaniyadan keltirilgan. Daraxtlar oʻzini oʻzi changlatish xususiyatiga ega. Bu hosildorlik yuqori boʻlishida muhim oʻrin tutadi.Zamonaviy agrotexnologik tizimlar orqali bogʻda toʻliq tomchilatib sugʻorish joriy etilgan. Avval suv maxsus havzada toʻplanadi va tabiiy nishablik orqali sugʻoriladi. Bunga energiya sarflanmay, natijada xarajat va ma
Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi
Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni