Yolg‘on gapirmang. Farzandingizni aslo aldamang, yolg‘on va'dalar bermang, qaror va fikrlaringizni o‘zgartirmang. Agar bolaning biron iltimosini bajarishni unutgan bo‘lsangiz, shunchaki undan uzr so‘rang. Har bir kichik yolg‘on – bolaning oldida obro‘-e'tiboringizni tobora tushirishga xizmat qiladi.
Asabiylashmang. Bolalar bizning tabiatimiz va kayfiyatimizni juda yaxshi his etib, o‘zlariga tez qabul qilishadi. Odatda, vazmin kishilarning o‘g‘il-qizlari ham og‘ir-bosiq bo‘lib voyaga yetadi. Ikkinchidan, bola tarbiyasi anchayin sabr-toqatni talab etadi.
Farzandingizni urmang. Bolaga qo‘l ko‘tarib (hatto bu kichik shappati bo‘lsa ham), unga barcha masalalarni kuch orqali hal qilish mumkinligini o‘rgatgan hisoblanasiz.
Yomon o‘rnak ko‘rsatmang. Ichish va chekishni odat qilgan, nosog‘lom turmush tarzini olib borayotgan ota-onalar o‘sib kelayotgan avlodning ruhiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, o‘zi sigaretani tutatib, farzandiga chekishning zarari haqida gapirgan odamning so‘zlari hech qanday ta'sirga ega bo‘lmaydi.
Erkalatib yuborishdan qo‘rqmang. Har bir ota-ona o‘z farzandini bag‘riga bosishi, ko‘tarib, erkalashi, unga sovg‘alar tuhfa etishi kerak. Bu, bir tarafdan, bola tarbiyasidagi o‘ziga xos va kerakli jihat. Asosiysi, har narsaning me'yori bo‘lishini unutmaslik va yuqoridagi qoidalarga amal qilishdir.
Unutmang, har bir farzandning bolalik davri yagona va u ortga qaytmaydi. Ularning bag‘ringizda o‘tkazgan har bir oni baxtiyor va samarali kechishi esa faqatgina sizga bog‘liq.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
Yurtimizda «Milliy qadriyatlar oyligi» tashkil etiladi
Madaniyat vazirligidan ma'lum qilishlaricha, bunda milliy liboslar targ'iboti, xalq o'yinlari, badiiy jamoalarning chiqishlari, qo'shiqchilik san'ati, o'lan, lapar, xalq o'yinlari, terma, marosim qo'shiqlari, xalfachilik, baxshichilik va raqs san'ati namunalari, milliy cholg'uchilik san'ati, arqon tortish, dor o'yinlari, tosh ko'tarish kabi qadimiy o'yinlarimiz, milliy kurash musobaqalariga keng o'rin beriladi.Shohsanam YO'LDOSHEVA,O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi..
Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Italiyada 'Boburnoma' asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu loyiha Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Rimdagi 'Sandro Teti Editore' nashriyot uyi hamkorligida amalga oshirildi. Kitob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻzboshisi bilan nashr etildi.Florensiya shahridagi tarixiy 'Palazzo Strozzi' s
Jahon ahli ardogʻidagi meros
14-fevral ' Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunKeyingi yillarda mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosini teran oʻrganish, ularning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targʻib qilish, xususan, boburshunoslik fanini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi barcha ezgu va xayrli ishlar davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi hamda qoʻllab-quvvatlovi bilan amalga oshirilayotgani, ayniqsa, eʼtiborga molik. Zotan, jahon sivilizatsiyasi r
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Mirzo Ulugʻbekning saroy kutubxonasiga bagʻishlangan burchak tashkil etiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ekspozitsiyalar bilan boyitish jarayoni davom etmoqda. Jumladan, Mirzo Ulugʻbek davri saroy kutubxonasi boy ilmiy va maʼnaviy merosiga bagʻishlangan maxsus burchak tashkil etilishi ham koʻzda tutilgan. Kutubxona tarixan mukammal oʻrganilib, u haqidagi barcha manbalar yigʻilmoqda. Mirzo Ulugʻbekning ilmiy merosi, qoʻlyozmalari toʻplanadi va ekspozitsiya fondlari orasidan ularning faksimil nusxalari joy oladi. Bu haqda ushbu Markaz axborot