O‘z navbatida, blogerlarning jamiyatning ong-u tafakkuriga, qarashlariga ta’siri ortib borayotir. Xususan, qaysidir olimning biror mintaqa yoki hududda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning aniq tahlil qilib berishi ommaning o‘sha voqeaga nisbatan to‘g‘ri munosabatini shakllantirishga omil bo‘lyapti.
Qolaversa, internet insonning so‘z erkinligiga doir huquqlarini samarali ta’minlashda qo‘l kelayotir. Ammo mazkur erkinlikdan ayrimlarning asossiz shov-shuv ko‘tarish yoki noqonuniy pul topish maqsadida foydalanishayotgani ko‘ngilni xira qiladi. Shu o‘rinda bir hamkasbimdan eshitganim mavzuga oid holatni bayon etsam.
«Tumanimizda bir bloger tashkilot va korxonalar boshliqlarining aybini ochish bilan shug‘ullanadi. Kimdir rahbarining nohaqligidan shikoyat qilib kelsa, bloger o‘sha odam orqali rahbar to‘g‘risida negativ material to‘plab, uni ijtimoiy tarmoqda sharmanda qilish bilan qo‘rqitadi va murojaatchining muammosini hal qiladi. So‘ng rahbarni qisishda davom etib, o‘zi uchun katta pul undiradi».
Ana shu tafsilotdan so‘ng o‘sha «bloger»ning «Youtube»dagi bir nechta materiallarini ko‘rdim. Muallif izohidagi imlo xatolariga qaraganda, savodi haminqadarligi, o‘zini tutishidan esa o‘ta surbetligi sezilib turardi. Ochig‘i, qaysidir ma’noda bizga hamkasb bo‘lgan blogerdan ranjiganim holda, unga «boj» to‘layotgan mas’ullarga rahmim kelmadi. Vaqti kelib, ular qilgan qonunbuzarliklari uchun qonuniy jazolarini ham olishiga ishonaman.
Xullas, bugun ko‘plab blogerlar el dardi bilan yonib yashayotir, tayyorlagan materiallari bilan xalqning hurmatini qozonib, obunachilar va ko‘rishlar soniga ko‘ra yaxshigina pul topishmoqda. O‘z navbatida, jig‘ildonini harom luqma bilan to‘ldirishdan or qilmayotgan blogerlar esa sharmanda bo‘lib, qachondir qilmishiga yarasha jazosini oladi. Zero, bu ko‘hna dunyo to‘g‘ri yaxshilik, egri yomonlik topqusini ko‘p bora isbotlagan.
Alijon ABDUSATTOROV,
o‘z muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
Yurtimizda «Milliy qadriyatlar oyligi» tashkil etiladi
Madaniyat vazirligidan ma'lum qilishlaricha, bunda milliy liboslar targ'iboti, xalq o'yinlari, badiiy jamoalarning chiqishlari, qo'shiqchilik san'ati, o'lan, lapar, xalq o'yinlari, terma, marosim qo'shiqlari, xalfachilik, baxshichilik va raqs san'ati namunalari, milliy cholg'uchilik san'ati, arqon tortish, dor o'yinlari, tosh ko'tarish kabi qadimiy o'yinlarimiz, milliy kurash musobaqalariga keng o'rin beriladi.Shohsanam YO'LDOSHEVA,O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi..
Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Italiyada 'Boburnoma' asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu loyiha Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Rimdagi 'Sandro Teti Editore' nashriyot uyi hamkorligida amalga oshirildi. Kitob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻzboshisi bilan nashr etildi.Florensiya shahridagi tarixiy 'Palazzo Strozzi' s
Jahon ahli ardogʻidagi meros
14-fevral ' Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunKeyingi yillarda mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosini teran oʻrganish, ularning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targʻib qilish, xususan, boburshunoslik fanini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi barcha ezgu va xayrli ishlar davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi hamda qoʻllab-quvvatlovi bilan amalga oshirilayotgani, ayniqsa, eʼtiborga molik. Zotan, jahon sivilizatsiyasi r
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Mirzo Ulugʻbekning saroy kutubxonasiga bagʻishlangan burchak tashkil etiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ekspozitsiyalar bilan boyitish jarayoni davom etmoqda. Jumladan, Mirzo Ulugʻbek davri saroy kutubxonasi boy ilmiy va maʼnaviy merosiga bagʻishlangan maxsus burchak tashkil etilishi ham koʻzda tutilgan. Kutubxona tarixan mukammal oʻrganilib, u haqidagi barcha manbalar yigʻilmoqda. Mirzo Ulugʻbekning ilmiy merosi, qoʻlyozmalari toʻplanadi va ekspozitsiya fondlari orasidan ularning faksimil nusxalari joy oladi. Bu haqda ushbu Markaz axborot