O‘z navbatida, blogerlarning jamiyatning ong-u tafakkuriga, qarashlariga ta’siri ortib borayotir. Xususan, qaysidir olimning biror mintaqa yoki hududda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning aniq tahlil qilib berishi ommaning o‘sha voqeaga nisbatan to‘g‘ri munosabatini shakllantirishga omil bo‘lyapti.
Qolaversa, internet insonning so‘z erkinligiga doir huquqlarini samarali ta’minlashda qo‘l kelayotir. Ammo mazkur erkinlikdan ayrimlarning asossiz shov-shuv ko‘tarish yoki noqonuniy pul topish maqsadida foydalanishayotgani ko‘ngilni xira qiladi. Shu o‘rinda bir hamkasbimdan eshitganim mavzuga oid holatni bayon etsam.
«Tumanimizda bir bloger tashkilot va korxonalar boshliqlarining aybini ochish bilan shug‘ullanadi. Kimdir rahbarining nohaqligidan shikoyat qilib kelsa, bloger o‘sha odam orqali rahbar to‘g‘risida negativ material to‘plab, uni ijtimoiy tarmoqda sharmanda qilish bilan qo‘rqitadi va murojaatchining muammosini hal qiladi. So‘ng rahbarni qisishda davom etib, o‘zi uchun katta pul undiradi».
Ana shu tafsilotdan so‘ng o‘sha «bloger»ning «Youtube»dagi bir nechta materiallarini ko‘rdim. Muallif izohidagi imlo xatolariga qaraganda, savodi haminqadarligi, o‘zini tutishidan esa o‘ta surbetligi sezilib turardi. Ochig‘i, qaysidir ma’noda bizga hamkasb bo‘lgan blogerdan ranjiganim holda, unga «boj» to‘layotgan mas’ullarga rahmim kelmadi. Vaqti kelib, ular qilgan qonunbuzarliklari uchun qonuniy jazolarini ham olishiga ishonaman.
Xullas, bugun ko‘plab blogerlar el dardi bilan yonib yashayotir, tayyorlagan materiallari bilan xalqning hurmatini qozonib, obunachilar va ko‘rishlar soniga ko‘ra yaxshigina pul topishmoqda. O‘z navbatida, jig‘ildonini harom luqma bilan to‘ldirishdan or qilmayotgan blogerlar esa sharmanda bo‘lib, qachondir qilmishiga yarasha jazosini oladi. Zero, bu ko‘hna dunyo to‘g‘ri yaxshilik, egri yomonlik topqusini ko‘p bora isbotlagan.
Alijon ABDUSATTOROV,
o‘z muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
Shavkat Mirziyoyev: Har bir oʻqituvchi va murabbiy, bogʻcha mudirasi, maktab direktori maʼlum maʼnoda strateg boʻlishi zarur
Davlat rahbari taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida baʼzi misollarni keltirdi.Bugun taʼlim va tarbiya sohasidagi barcha oʻzgarishlar markazida bilimdon, ijodkor, vatanparvar va jonkuyar muallim shaxsi turishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.Aks holda sohaga yoʻnaltirayotgan shuncha mablagʻ, qurilayotgan bino va inshootlar, moddiy-texnik baza havoga sovurilgandek bekorga ketishi qayd etildi.'Biz bunga hech qachon yoʻl qoʻymasligimiz lozim. Davlatning, xalqning peshona
KITOB – BEMINNAT USTOZ
IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi o‘tkazildi. Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan «Axborot kutubxona markazi» binosida bo‘lib o‘tgan, «Kitob-beminnat ustoz, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir» mavzusiga bag‘ishlangan tanlov ishtirokchilari o‘zlari o‘qigan kitoblar orasidan ikkitasining muallifi, qahramonlari, v
Poytaxtimizda madaniy meros haftaligi boshlandi
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Soʻnggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida 'Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar' mavzusidagi xalqaro anjuman bilan oʻz ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabb
«Biz — jurnalistlar»: qalami oʻtkir ijodkorlarni bir joyga toʻplagan asar
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Poytaxtimizdagi 'Ibrohimbek' marosimlar uyida Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida 1990-1996-yillarda tahsil olgan kursdoshlarning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Qariyb oʻttiz yildan beri mamlakatimizning turli hududlaridagi ommaviy axborot vositalari hamda axborot xizmatlarida faoliyat olib borayotgan kursdoshlar kunning birinchi yarmida oʻzlari bundan 28-yil ilgari taʼlim olgan Oʻzbekiston Milliy universitetiga borishdi, dargoh oʻquv xona