Eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi nishonlangan kunlarda o‘g‘lim Saidalixon Qalandarxonov
IIV Akademiyasi kursanti sifatida qasamyod qabul qildi. Ushbu tantanali tadbirda men ham ishtirok etdim.
Bu yilgi kursantlar qasamyodi Akademiyaning 30 yillik bayramiga to‘g‘ri kelganligi bilan ahamiyatlidir. O‘tgan
30 yil mobaynida huquqni muhofaza qilish organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda va tinchlik-barqarorlik, xavfsizlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynayotganligini yaxshi bilamiz.
Birinchi bosqich kursantlari qatori o‘g‘lim ham IIV O‘quv-dala markazida bir oydan ortiq vaqt mobaynida ma’naviy qadriyatlarni shakllantiradigan tarbiyaviy ishlar o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Shu qisqa vaqt ichida uning jismonan toblanganini, harbiy intizomni puxta o‘zlashtirganini, mustaqil fikrlay oladigan vatanparvarga aylanganini his qildim.
Akademiyada zamonaviy o‘quv dasturlari asosida amaliyotga yaqin o‘quv mashg‘ulotlar va ilmiy ishlar olib borilayotgani quvontirdi. Ushbu bilim maskanida farzandlarimiz eng ilg‘or xorijiy tajribalarni ham o‘rganishiga ishonaman.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt joriy etilayotgani ta’lim jarayonining samaradorligini yanada oshiradi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar imkoniyatlari Akademiyada ham keng tadbiq etilganligini ko‘rmoqdaman.
O‘zining 30 yillik tarixida katta yutuqlarga erishgan IIV Akademiyasi kelajakda ham shu yo‘nalishda ildam rivojlanishini istab qolaman.
Muhabbat HASANOVA.
Yurtimizda «Milliy qadriyatlar oyligi» tashkil etiladi
Madaniyat vazirligidan ma'lum qilishlaricha, bunda milliy liboslar targ'iboti, xalq o'yinlari, badiiy jamoalarning chiqishlari, qo'shiqchilik san'ati, o'lan, lapar, xalq o'yinlari, terma, marosim qo'shiqlari, xalfachilik, baxshichilik va raqs san'ati namunalari, milliy cholg'uchilik san'ati, arqon tortish, dor o'yinlari, tosh ko'tarish kabi qadimiy o'yinlarimiz, milliy kurash musobaqalariga keng o'rin beriladi.Shohsanam YO'LDOSHEVA,O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi..
Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Italiyada 'Boburnoma' asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu loyiha Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Rimdagi 'Sandro Teti Editore' nashriyot uyi hamkorligida amalga oshirildi. Kitob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻzboshisi bilan nashr etildi.Florensiya shahridagi tarixiy 'Palazzo Strozzi' s
Jahon ahli ardogʻidagi meros
14-fevral ' Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunKeyingi yillarda mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosini teran oʻrganish, ularning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targʻib qilish, xususan, boburshunoslik fanini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi barcha ezgu va xayrli ishlar davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi hamda qoʻllab-quvvatlovi bilan amalga oshirilayotgani, ayniqsa, eʼtiborga molik. Zotan, jahon sivilizatsiyasi r
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Mirzo Ulugʻbekning saroy kutubxonasiga bagʻishlangan burchak tashkil etiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ekspozitsiyalar bilan boyitish jarayoni davom etmoqda. Jumladan, Mirzo Ulugʻbek davri saroy kutubxonasi boy ilmiy va maʼnaviy merosiga bagʻishlangan maxsus burchak tashkil etilishi ham koʻzda tutilgan. Kutubxona tarixan mukammal oʻrganilib, u haqidagi barcha manbalar yigʻilmoqda. Mirzo Ulugʻbekning ilmiy merosi, qoʻlyozmalari toʻplanadi va ekspozitsiya fondlari orasidan ularning faksimil nusxalari joy oladi. Bu haqda ushbu Markaz axborot