Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Shahboz Ne’matjonov va uning turmush o‘rtog‘i, viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob-ma’lumotlar markazi yetakchi mutaxassisi, podpolkovnik Gulnoza Ne’matjonova bilan gurungimiz o‘z-o‘zidan qovushib ketdi. Ularning, ayniqsa, «agar farzandlarimiz ham shu kasbni tanlashsa xursand bo‘lamiz» degan so‘zlari qalbda o‘ziga xos to‘lqin hosil qildi. Bu o‘n besh yil davomida jinoyatchilikka qarshi ne-ne tunlarni izlanishda o‘tkazgan, yaxshi-yomon kunlarda bir-biriga yelkadosh bo‘lgan qo‘shqanotlarning o‘z kasbini nechog‘lik sevishidan dalolat edi.
... Shahbozga IIV Akademiyasiga o‘qishga kirish deyarli qiyinchilik tug‘dirmadi. Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, yelkasiga kursantlik pogoni taqilgach, u inson astoydil harakat qilsa, orzusiga albatta yetishishiga amin bo‘ldi. Bu ishonch ushbu dargohda muvaffaqiyatli ta’lim olishiga ham ijobiy ta’sir qildi.
Akademiyadagi tahsil jarayoni qizg‘in o‘tar, taniqli huquqshunos olimlar, shu kasbga umrini bag‘ishlagan yetuk rahbar xodimlarning ma’ruzalarini tinglash juda qiziq edi. Ba’zan dars jarayoni qizg‘in bahslarga ulanib ketardi. Ana shunday kunlarning birida Shahbozning e’tiborini ko‘zlari yonib turgan xushruygina bir qiz tortdi. Uning o‘rinli fikrlari, bahsda o‘zini bosiq tutishi e’tiborga molik edi.
Xullas, ularning tanishuvi shu tarzda boshlandi. Qarangki, bu tanishuv umr yo‘llarini ham tutashtirdi. Akademiyani tugatgach, ikki yosh oila qurdi. Shahboz Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani IIB Tergov bo‘limida tergovchi, Gulnoza esa Toshkent shahar IIBBda xuddi shu lavozimda xizmatni boshladi. Ular Toshkent viloyatida istiqomat qilishar, har ikkalasi ham ishdan kech qaytardi. Lekin bu holat ularning o‘zaro ahil-inoq yashashiga zarracha ta’sir qilmasdi. Aksincha, xizmatdagi dastlabki qiyinchiliklarni yengishda ular bir-biriga doim ko‘mak berishar, bunday yelkadoshlik ko‘pchilikning havasini keltirardi.
– Men har tomonlama baxtli oila vakilasiman, – deydi Gulnoza Ne’matjonova. – Orzumdagi kasbga va oilaga erishdim. Bunday mushtaraklik xizmatda va oilaviy hayotda juda qo‘l kelmoqda. Nimagaki erishgan bo‘lsam, bunda turmush o‘rtog‘imning o‘rni katta.
Shahboz Ne’matjonovning otasi Ne’matjon Habibullayev o‘ttiz yildirki advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Huquqshunoslikka qiziqish o‘g‘liga otasiga havasdan boshlangan.
– Har bir ota uchun farzand kamoli – ulug‘ baxt, – deydi Ne’matjon Habibullayev. – Farzandim Shahbozjon bolaligidan ichki ishlar organi xodimi bo‘lishni orzu qilardi. Intildi va orzusiga yetdi. O‘g‘lim va kelinim Gulnozaxonning erishayotgan yutuqlaridan doim quvonaman. Ular el xizmatida bo‘lishni o‘zlarining burchi deb bilishadi.
Shahboz va Gulnozaxon – baxtli oila sohiblari. Ularning uch nafar o‘g‘il farzandi bor. Birgalikda Sherdiyor, Imronbek, Kamronbeklarni tarbiyalayotgan bu insonlarga hamma havas bilan qaraydi. Ular agar qayta umr berilsa, yana shu kasbni, yana bir-birini tanlashlarini aytishganida, o‘z kasbiga va oilasiga sadoqatning yuksak namunasiga guvoh bo‘ldik. Bu o‘rnak olsa arziydigan yuksak fazilatdir.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
o‘z muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do
Qoʻl mehnatidan raqamli texnologiyagacha — Fargʻona viloyatining muhim manzillaridan fotoreportaj
Yurtimiz taraqqiyotining yorqin manzaralari, xalqimizning mehnatsevarligi va boy madaniy merosi har bir hududda oʻz aksini topgan. 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Fargʻona viloyatiga xizmat safari davomida ushbu betakror goʻshaning turli manzillarida boʻldi.' Milliy hunarmandchilik ' yuragimiz, tariximiz va madaniyatimizning ajralmas boʻlagidir. Fargʻonaning goʻzal qishloqlaridan birida qadimiy kulolchilik anʼanalarini asrab kelayotgan, sanʼatga mehr qoʻyg
Toʻrt oyda Oʻzbekistonga 3,1 million nafardan ortiq chet ellik tashrif buyurdi
2025-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga 3,1 million nafardan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qoʻmita xabariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 987,9 ming nafarga yoki 46,4 foizga koʻpaygan.Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonga eng koʻp sayyohlar qoʻshni Qirgʻiz Respublikasidan tashrif buyurgan ' 942,2 ming nafar. Ikkinchi oʻrinda Tojikiston fuqarolari boʻlib, ularnin
Jahon banki Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari beradi
Jahon banki Ijroiya direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi maʼqullandi. Ushbu mablagʻlar elektr taqsimlovchi tarmoqlarni isloh qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimga ulash hamda muhim hududlarda elektr taʼminotining ishonchliligini oshirishga yoʻnaltiriladi.Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil etadi. Undan 50 million dollari 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJ tomonidan oʻz mablagʻlari hisob