Leytenant M.Ahmedov xizmat faoliyati davomida ana shunday hushyorlik namunalarini namoyon etib kelmoqda.
Qorako‘l tumani Chandirobod qishlog‘ida tavallud topgan Mavludjon muddatli harbiy xizmatni o‘tagach, Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kirdi. Oliy malumotli mutaxassis Buxoro shahridagi 35-sonli umumta’lim maktabida avval o‘qituvchi, so‘ng Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. To‘ng‘ich akasi Ma’rifjon 7532-harbiy qism xodimi bo‘lgani va harbiylikka ishtiyoqi sabab 2021-yilning dekabr oyida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, hozirgi vazifasida xizmatga qabul qilindi.
M. Ahmedovga tajribali profilaktika katta inspektori, kapitan
A. Rahimov murabbiy etib biriktirildi.
Unga biriktirilgan «Guliston» mahallasi «qizil» toifada bo‘lib, ustozidan erinmay sohaning sir-asrorlarini, jinoyatga moyilroq va profilaktika hisobida turuvchi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borishni o‘rgandi. Birinchi yildanoq mahallani «qizil» toifadan «yashil» toifaga aylantirdi. Joriy yilning shu davrigacha esa jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Lavhamiz qahramoni xizmat ko‘rsatayotgan mahalla tuman markazida joylashgan. Mahalla faollari bilan hamjihatlig-u hamkorligi hamda katta-yu kichikni birday hurmat-u e’zozlab kelayotganidan, leytenant
M. Ahmedov tuman va viloyat miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda hamda musobaqalarda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, 2022-yil viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kurash musobaqasida 70 kg vaznda faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Yana shu yili «Eng yaxshi kitobxon» tanlovining respublika bosqichida IIVning faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanganini alohida aytib o‘tish joiz.
Bir so‘z bilan aytganda, leytenant Mavlud Ahmedov el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib xizmat qilmoqda. Uning xizmatidan esa aholi doimo minnatdor bo‘lib kelyapti.
Mirzoqul AHADOV,
o‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
“Puma”dan “misli koʻrilmagan” choʻkish: kompaniya aksiyalari keskin arzonladi. Nemis kompaniyasi futbolchimiz Abduqodir Husanov bilan hamkorlik qiladi
Germaniyaning yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi 'Puma' shirkati keskin 16% ga pasaydi. Kompaniyaning toʻrtinchi chorak savdolari kutilganidan pastroq boʻlgani va yillik foyda kamaygani ushbu yoʻqotishga sabab boʻldi. Bu haqda 'JPMorgan' tahlilchilari xabar berdi.Payshanba kungi holatiga koʻra, 'Puma' aksiyalari 16,5% ga pasayib, birja savdolarida 34,90 yevrogacha tushdi. Bu soʻnggi besh oydagi eng past koʻrsatkich boʻlib, kompaniya tarixidagi eng yomon kunlardan biriga aylandi.K
11 — 13-mart kunlari poytaxtimizda “AgroWorld Uzbekistan — 2025” yigirmanchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Shu munosabat bilan 'Iteca Exhibitions' xalqaro ko'rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mazkur tadbir va ishtirokchi kompaniyalar haqida ma'lumot berildi.Qayd etilishicha, bu yil ko'rgazmada 23 mamlakatdan 130 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi. Unda xorijiy ishtirokchilar ulushi 81 foizni tashkil etadi. Mahalliy kompaniyalar orasida qishloq xo'jaligi uskunalari, o'g'itlar, omuxta yem, laboratoriya uskunalari va inkubatsion materiallar yetakchi ishlab chiqaruvchi hamda
Migrantlarsiz Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 16,8 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Jahon banki 'Oldinga yoʻl: Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida muvaffaqiyatli migratsiyani qoʻllab-quvvatlash' nomli hisobotini taqdim etdi. Hisobot taqdimoti 5-mart kuni Toshkent shahrida'boʻlib oʻtgan.Unda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsiya tendensiyalari va ularning davlat siyosatiga taʼsiri tahlil qilingan. 2023-yil holatiga koʻra, tojikistonlik va qirgʻizistonlik mehnat muhojirlarining 80 foizdan ortigʻi Rossiyaga yoʻl olgan. Oʻzbekistonlik muhojirlar oqimi koʻp
Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foiz oshgan
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foiz oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetdi. Xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratildi. Natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetdi.Shu davrda aholi daromadi 1,6 baravar oʻsgani, yangi turdagi