calendar 31 Jan 15:21
eye 77
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foiz oshgan

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foiz oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetdi. Xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratildi. Natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetdi.

Shu davrda aholi daromadi 1,6 baravar oʻsgani, yangi turdagi maishiy texnikalardan foydalanilayotgani sababli xonadonlarda elektr isteʼmoli 21 milliard kilovatt soatdan oshdi. Bu 2016-yilgidan 2 baravar koʻp.

2030-yilga borib, mamlakatimiz aholisi 41 millionga yetishi, iqtisodiyotimiz esa 1,5 karra oʻsishi kutilayapti. Shunga mutanosib ravishda, sanoatda 45 milliard dollarlik qoʻshilgan qiymat yaratish, xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, yirik Maʼlumotlar markazlarini ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Buning uchun, avvalo, barqaror elektr taʼminoti zarur. Hisob-kitobga koʻra, 2030-yilda 117 milliard kilovatt soat, 2035-yilda esa 135 milliard kilovatt soat elektr energiyasi talab etiladi. Yaʼni, hozirgidan 1,7 baravar koʻp.

Yigʻilishda energetika vaziri shu maqsadga qaratilgan uzoq muddatli dasturni taqdimot qildi.

Qayd etilganidek, yangi elektr stansiyalari va energiya saqlash quvvatlari barpo etiladi. Ularni tizimga ulash uchun 7 ming kilometr magistral tarmoq qurilib, raqamlashtirilgan boshqaruv joriy qilinadi. Bu orqali hududlarda energiya balansi taʼminlanadi. Bir viloyatda elektr yetishmovchiligi boʻlsa, boshqa joyda qoʻshimcha quvvatlar ishga tushiriladi. Bu ishlar uchun kelgusi besh yilda 'Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari'ga 4 milliard dollarlik investitsiya kiritish talab etiladi.

Yana bir muhim masala ' elektr energiyasining tannarxini pasaytirish. Buning omili muqobil manbalarni koʻpaytirishdir. Xorijiy ekspertlar ham Oʻzbekiston sharoitida 'yashil' energiya imkoniyatlari koʻpligini aytayapti.

Shundan kelib chiqib, 2030-yilga borib jami generatsiyada 'yashil' energiya ulushini 50 foizdan oshirish koʻzda tutilgan. Jumladan, 3 mingta mikroGESda 164 megavatt, quyosh va shamol qurilmalari hisobiga 750 megavatt quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Kuni kecha davlatimiz rahbari resurs tejamkor iqtisodiyot modeliga oʻtish vaqti kelganini taʼkidladi.

Xususan, sanoatda energiya samaradorlik orqali qoʻshimcha 27 foiz yalpi ichki mahsulot yaratish imkoniyati bor. Hozir kimyo va metallurgiya boʻyicha ayrim mahalliy korxonalarda energiya sarfi dunyodagi oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatan 2 karra, sement ishlab chiqarishda esa 1,2 barobar yuqori.

Shu bois, har bir tarmoq kesimida energiyani 10-15 foiz iqtisod qilish, 2030-yilda elektr energiyasi yoʻqotishlarini hozirgi 14 foizdan 8-9 foizgacha tushirish vazifa qilib olinmoqda.

Xorijiy investorlar bilan yana 26 milliard dollarlik 24 gigavattli loyihalar boʻyicha ishlar boshlangan. Ularga koʻp miqdorda uskuna va qurilish materiallari ishlatiladi. Bu yurtimiz korxonalari uchun katta imkoniyat ekani, loyihalarda mahalliylashtirish va kooperatsiyani rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi.

Isteʼmolchilarga barqaror va uzluksiz elektr yetkazib berish, sohada kadrlar tayyorlashni rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Mutasaddilarga bularning hammasini inobatga olib, elektr energetikasi sohasini 2035-yilgacha rivojlantirish dasturini tayyorlash topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
103
0
xs.uz

Xivada oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali davom etmoqda (+fotoreportaj)

Kecha, 26-aprel kuni Xivaning qadimiy Ichan qalʼasida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Bu sana anʼanaviy sanʼat va madaniyatni sevuvchilar uchun unutilmas kun boʻlgani shubhasiz. Festivalning ochilish kunida baxshilar oʻzining betakror dostonlari, kuy-qoʻshiqlari va xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan turkiy xalqlarning qadimiy ohangiga yangi ruh bagʻishladilar.Bugun, 27-aprel sanasida ushbu festivalning ikkinchi kuni ham ko

12 Apr 21:16
 
57
0
xs.uz

Toshkent suv diplomatiyasi boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkentda 'Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish yoʻlida ishonch, muloqot va koʻp tomonlama hamkorlik' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, ushbu tadbir Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi va 'TIQXMMI' Milliy tadqiqot universiteti hamda 'Fridrix Ebert' nomidagi jamgʻarma

13 May 14:38
 
26
0
xs.uz

Xitoy Oʻzbekistonga 3 oyda 680 mingga yaqin telefon sotdi

Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar'mart oylarida xorijdan 885,8 ming dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.Keltirilgan telefonlarning umumiy qiymati 89,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Shu turdagi eng koʻp qurilma Xitoydan keltirilgan boʻlib, ularning umumiy soni 679,2 ming dona boʻlgan. Yirik import qiluvchilar orasida 2-oʻrinda 175,8 ming dona telefon bilan Vyetnam turibdi. 3-oʻrinni esa 15,5 mingta telefon bilan Birlashgan Arab Amirlik

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

YTTB Oʻzbekistondagi pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyaga 6 mln dollar kredit ajratadi

Kompaniya 2022-yildan buyon YTTB mijozlaridan biri hisoblanadi. Bu safargi kredit mablagʻlari asosan ingrediyentlar va qadoqlash materiallari xaridiga, shuningdek, mavsumiy talabning oshishi fonida zaxiralarni samarali boshqarishga yoʻnaltiriladi.Bank bugunga qadar Oʻzbekistondagi 174 ta loyiha doirasida 5,5 mlrd yevrodan ortiq mablagʻ sarmoya kiritgan boʻlib, ularning katta qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.Taʼkidlash joiz, mamlakatimiz soʻnggi besh yil davomida Mar