calendar 25 Sep 13:14
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritildi

image
Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritilib, 5 mingga yaqin yangi korxona ishga tushdi, 94 mingta doimiy ish oʻrni yaratildi. Bu haqda bugun, 23-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Ishlab chiqarish 2 karra oʻsdi, yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan oshgan korxonalar 150 tadan oshdi. Soʻnggi besh yilda qurilishlar hajmi ham 2 baravar koʻpaydi.

Shu bilan birga, 650 million dollarlik yangi mahsulotlarni oʻzlashtirish hisobiga qurilishdagi import ulushini 31 foizdan 25 foizga tushirishga erishildi. Qurilish materiallari eksport bozori ham 58 taga yetdi, xorijda 20 dan ortiq savdo omborlari, 50 dan ziyod savdo doʻkonlari ochildi.

Lekin, salohiyati, mahsulotiga bozorda talab yuqori boʻlgan ushbu soha uchun bu koʻrsatkichlar kamligi koʻrsatib oʻtildi.

Birgina qoʻshnilarimizning oʻzi bizda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan 2 milliard dollarlik qurilish materiallarini boshqa davlatlardan import qilayapti.

Bizda haligacha lak-boʻyoq, gulqogʻoz, PVXdan quvur va fitinglar, pol qoplamasi, pardozbop tosh, santexnika kabi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan tovarlar import boʻlmoqda.

Bazalt xomashyosi qayta ishlanib, qurilishda keng qoʻllanayotgani hisobiga yangi uy-joy va ijtimoiy obyektlarda energiya sarfi 20 foizgacha kamaygani taʼkidlandi.

Biroq qurilishda bazaltdan tashqari quyosh nurini qaytaruvchi oyna, fibro tolali panel, vermikulit aralashmasi kabi materiallarni ishlatib, energiya sarfini yana 2 baravar qisqartirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Hozir qurilishda talab yuqori boʻlgan quyoshni qaytaruvchi indiy, alyuminiy yoki rux plyonkasi bilan qoplangan maxsus oynalar ishlab chiqarish haligacha yoʻlga qoʻyilmagan.

Bu borada Quvasoydagi 'Kvars' korxonasi 20 million dollar investitsiya kiritib, yillik 5 million kvadrat metr bunday oyna ishlab chiqarish tashabbusini bildirmoqda.

Prezident bu loyihani maʼqullab, mutsaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yana bir misol ' binolarning fasad qismida fibro tolali paneldan foydalanib, energiya sarfini yana 10 foizga kamaytirish mumkin.

Muhimi, fibro tolali panellar narxi olovga chidamli boshqa fasad qoplamalariga nisbatan 20 foizgacha arzon.

Bu mahsulotni ishlab chiqarishda asosiy komponent hisoblangan ' sement va boyitilgan qum oʻzimizda yetarli.

Mutasaddilarga bunday energiya tejamkor zamonaviy qurilish materiallari loyihalarini koʻpaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

'Sanoat ipotekasi' asosida avtoklav gazobeton, fibrotsement panel, geotekstil, bazalt kabi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha 170 million dollarlik 7 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
18
0
xs.uz

Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qancha?

Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda 2024-yilning 1-yanvar holatiga, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.Maʼlum boʻlishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 foizga oshgan.Hududlar orasida internet tarmogʻiga ulanganlar soni boʻyicha eng koʻp abonentlar soni Toshkent shahrida 6,3 million nafarni tashkil e

26 Aug 12:29
 
40
0
xs.uz

Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi

Biznes ombudsman Andijon viloyatida 44 nafar amaldor jarimaga tortilganini maʼlum qildi.Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tom

20 Sep 00:22
 
17
0
xs.uz

Toshkentda UzMedExpo 2024 tibbiyot ko‘rgazmasi ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ishini boshladi — Fotoreportaj

'UzMedExpo 2024' ko'rgazmasi 18-20 sentyabr kunlari 'O'zekspomarkaz'da bo'lib o'tadi. Ko'rgazmada zamonaviy tibbiyot yutuqlari namoyish etiladi.Har yili 'UzMedExpo' ko'rgazmasi tibbiy texnologiya va asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiyot sanoatidagi innovatsion tovarlar va xizmatlarning so'nggi ishlanmalarini namoyish etish uchun maqsadli platforma hisoblanadi. 2024-yilda tadbirda O'zbekiston, Germaniya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya va Turkiya kompaniyalari ishtirok etmoq

24 Aug 17:27
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekistonda tadbirkorlar yer sotib olishida yengilliklar beriladi

Oʻzbekistonda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash bekor qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda aytib oʻtdi.Yer bozori shakllanishi taʼsirida yangi investisiya loyihalarida yer sotib olish xarajatlari keskin oshayotgani qayd etildi. Tadbirkor yerga buncha katta xarajat qilgandan keyin qurilish, texnika va uskunaga mablagʻi yetmay qolayapti. Shu sababli endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga