calendar 20 Sep 00:22
eye 4
comments 0
comments Manba: xs.uz

Noruda materiallarni qazib olish boʻyicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi

image
'Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida'gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo oʻzanlari, ularning sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi. Tegishli tashkilot va hokimliklar: daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida daryo oʻzanlarini tozalash va noruda materiallarini qazib olish ishlari toʻxtatilishini qatʼiy nazoratga oladi; daryo oʻzani, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olishning oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlarini kuchaytiriladi hamda joriy qilingan moratoriyni buzishga oid huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilishini taʼminlaydi. Daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shagʻal qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar togʻ va togʻoldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish choralari koʻriladi. Koʻchirilayotgan tadbirkorlarga noruda materiallarini oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi 'E-auksion' orqali rasmiylashtirib beriladi. Maʼlumot uchun: Prezident Farmoniga muvofiq, yuqoridagi daryolar oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:21
 
4
0
xs.uz

Margʻilonda “Atlas bayrami” oltinchi xalqaro festivali boshlandi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 19-21-sentyabr kunlari Margʻilon shahrida 'Atlas bayrami' oltinchi Xalqaro anʼanaviy toʻqimachilik festivali boʻlib oʻtadi.Bugun Margʻilon shahridagi Hunarmandchilikni rivojlantirish markazida festivalning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan taniqli hunarmand, dizayner va rassomlar bilan birga Avstraliya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Shveysariya, Latvi

26 Jul 10:20
 
47
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

26 Aug 12:29
 
35
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi

'Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi prezident farmoni eʼlon qilindi.Mamlakat Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chogʻida mardl

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo