calendar 20 Sep 00:21
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Margʻilonda “Atlas bayrami” oltinchi xalqaro festivali boshlandi

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 19-21-sentyabr kunlari Margʻilon shahrida 'Atlas bayrami' oltinchi Xalqaro anʼanaviy toʻqimachilik festivali boʻlib oʻtadi.

Bugun Margʻilon shahridagi Hunarmandchilikni rivojlantirish markazida festivalning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan taniqli hunarmand, dizayner va rassomlar bilan birga Avstraliya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Shveysariya, Latviya, Estoniya, Hindiston, Malayziya, Moʻgʻuliston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar kelishdi.

Ushbu festival anʼanaviy toʻqimachilik sohasiga xos bilim hamda koʻnikmalarni targʻib qilishda oʻziga xos muloqot maydoniga aylandi. Shuningdek, mazkur anjuman hunarmandlar, dizaynerlar, moda sohasi mutaxassislari, ishlab chiqaruvchilar va toʻqimachilik boʻyicha mutaxassislarga yangi va innovatsion gʻoyalar uchun foydali platforma vazifasini bajarmoqda.

YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Butunjahon hunarmandchilik kengashi va Respublika 'Hunarmand' uyushmasi, Turizm qoʻmitasi hamda Fargʻona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan bu galgi festival tadbirlari juda rang-barangligi bilan eʼtirofga loyiq.

' Festival oldidan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan jalb etilgan hunarmand va dizaynerlar uchun oʻtkazilgan bir haftalik seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi, ' deydi Respublika 'Hunarmand' uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov. ' Birinchi kun uchun moʻljallangan dasturlar doirasida fotosuratlar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtadi. Hunarmandlar markazida anʼanaviy mato va ipak gilam toʻqimachiligi boʻyicha mahorat darslari oʻtkaziladi.

Ijodkorlar bogʻida 'Meros va taraqqiyot: Oʻzbekistonning nomoddiy madaniy merosi bozori salohiyatini oʻrganish' mavzusida davra suhbati, 'Yodgorlik' korxonasida anʼanaviy mato toʻqimachiligi boʻyicha muloqot, Hunarmandchilikni rivojlantirish markazida yosh dizaynerlarning liboslar namoyishi tashkil etiladi.

Aytish joiz, festival tadbirlarida bu yil ilk bor turli davlatlardan kelgan rassomlar hamda toʻqimachilik sohasi boʻyicha dizaynerlar ham qatnashmoqda.

'Atlas bayrami' anʼanaviy toʻqimachilik festivali 21-sentyabr kuniga qadar davom etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun

23 Jul 11:05
 
61
0
xs.uz

Yer uzum, osmon uzum…

Toqi ishkom misli osmon,Har taraf yulduz sochur.Voh ajab, bu ne sinoat,Yer uzum, osmon uzum.Darhaqiqat, bugun Oltiariq tumani uzum bogʻlarida oʻzgacha fayz va tarovat, oʻxshashi yoʻq goʻzallikning guvohi boʻlasiz. Har yonda moʻl-koʻlchilik, peshonasiga rayhon taqib, qoʻlida gulqaychi tutgan bogʻbonning erta koʻklamdan buyon qilgan mehnati bugun sharbatga toʻlgan bogʻlarda oʻz samarasini koʻrsatmoqda.Ayni paytda Oltiariq tumanida aholi tomorqasi, fermer va dehqon xoʻjaliklari tasa

26 Jul 10:20
 
48
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

26 Jul 10:20
 
57
0
qalampir.uz

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand modda saqlagan erkak ushlandi

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan. Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan qu