calendar 20 Sep 00:21
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Adliya sayli”: muammolar yechimi, bilimlar sinovi va huquqiy savodxonlik

image
Xususan, vazirlik tashabbusi bilan mamlakatimizning turli hududlarida odamlarga huquqini anglatish mezoniga asoslangan tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgani ham fikrimiz dalilidir.

Ayni kunlarda vazirlik ishchi guruhi tomonidan Nukus shahrida o'tkazilgan yana bir keng qamrovli tadbir ' 'Adliya sayli' huquqiy aksiyasida ham aholining katta qatlami qamrab olindiki, bu fuqarolarning advokatlar, notariuslar, sud tizimi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotga kirishib, muammolariga yechim topish imkoniyatini yaratdi.

Aksiya davomida tadbir ishtirokchilariga taalluqli sohalar bo'yicha tizim mutaxassislari tomonidan bepul huquqiy maslahatlar berilgani ayni muddao bo'ldi. Sayilga fuqarolar, adliyaga biriktirilgan yoshlar, Nukus shahrida joylashgan oliy o'quv yurtlari, texnikumlar, umumta'lim maktablari, Ichki ishlar akademiyasi, 'Temurbeklar' maktabidan jami 2 mingga yaqin aholi tashrif buyurdi.



Tadbir 'Salomatlik uchun ' 5000 qadam' loyihasi bilan boshlanib, loyiha ishtirokchilari manzilga yetib kelganidan so'ng davlatimiz madhiyasi yangradi. Shundan so'ng, sayil davomida sovrinli viktorinalar, sport musobaqalari, nogironligi bo'lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi, 'Hunarmandlar' uyushmasi ko'rgazmasi, sayyor qabullar, mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Shuningdek, aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatildi, psixolog maslahatlari berildi.



Aksiya davomida Mudofaa boshqarmasi orkestrlari hamda madaniyat xodimlarining konsert dasturlari, sportchi yoshlar tomonidan karate, gimnastika, dzyudo turlari bo'yicha sahna chiqishlari barcha katta taassurot qoldirdi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor tartibda 20 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi. Ayniqsa, fuqarolar O.Aytimbetov va Sh.Qidirbayevalarning turmush qurib, 8 oydan beri birga yashab kelayotgani, ammo nikohi qayd etilmaganligi muammosi bilan qilgan murojaati tez fursatda o'rganilib, yechim topilgani yosh oilaning xursandchiligiga sabab bo'ldi.

Gap shundaki, ularga shu yerning o'zida FHDYO bo'limi tomonidan nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnoma berildi. Shuningdek, M.Mambetaliyev va N.Asanovalarga esa farzandlarining tug'ilganligi haqidagi guvohnomalari topshirildi. E'tiborlisi, sayyor qabulda aholi tomonidan 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo'lsa, shundan 12 tasi joyida hal qilinib, qolganlari taalluqligi bo'yicha nazoratga olindi.

Ta'kidlash kerakki, adliya tizimida yoshlar bilan ishlash masalasi har doim muhim vazifalardan biridir.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni paytda Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar soni 500 nafarni tashkil qiladi. Qariyb 424 500 nafarga yaqin yoshlarga adliya organlari xodimlari biriktirilgan bo'lib, ular bilan manzilli va tizimli ishlash yo'lga qo'yilgan.

Jumladan, o'tgan davr mobaynida ularning 339 402 nafari bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, anketalar va 'yo'l xarita'lar shakllantirilgan. Uchrashuv va muloqotlar davomida yoshlarning 33 mingdan ortiq muammolari aniqlanib, shundan 20 mingga yaqini ijobiy hal qilindi.



Bu hali hammasi emas. 'Adliya sayli'ni yanada qizg'in o'tkazish, aholi, ayniqsa, yoshlarga ko'tarinki kayfiyat ulashish, bilimi va savodxonligini oshirish maqsadida yigit-qizlar o'rtasida intellektual o'yinlar ham o'tkazildi. Shulardan biri ' 'Zakovat' intellektual o'yini bo'ldi. Unda 1-o'rinni 'Temurbeklar' jamoasi, 2-o'rinni 'Adolat' jamoasi, 3-o'rinni 'Veterinariya' jamoasi egallab, vazirlikning maxsus diplomi va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Umuman olganda, vazirlik tashabbusi bilan o'tkazilayotgan bunday tadbirlar aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg'ularini kuchaytirish, pirovard natijada bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarida muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.

Rahim SHЕRQULOV ('Xalq so'zi').


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 11:25
 
19
0
xs.uz

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqand shahrida 'Range Rover', 'Lacetti Optra' va 'Damas' mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 'Range Rover' haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan 'Lacetti Optra' avtomobili orq

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga

09 Oct 18:10
 
19
0
xs.uz

Ikki hududda “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

Xorazm va Samarqand viloyatlarida xorijiy valyutalarni noqonuniy ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Departamentning Payariq va Qo'shrabot tumani bo'limi, viloyat IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan fuqaro X.B fuqaro Yu.Q.ga 4 000 AQSH dollarini 50,9 million so'mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan u

25 Sep 13:14
 
13
0
xs.uz

Bunday fuqarolar ijtimoiy soliqni uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlaydi. Shartlar orasida uy-joyini ozoda tutish ham bor

'Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida'gi Prezident Farmonining qabul qilinishi bilan kambagʻal oilalar reyestri shakllantirilishi belgilandi.Ushbu farmonga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrdan 'mahalla yettiligi' tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakll