calendar 09 Oct 18:10
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ikki hududda “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

image
Xorazm va Samarqand viloyatlarida xorijiy valyutalarni noqonuniy ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.

Departamentning Payariq va Qo'shrabot tumani bo'limi, viloyat IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan fuqaro X.B fuqaro Yu.Q.ga 4 000 AQSH dollarini 50,9 million so'mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Payariq va Oqdaryo tumani bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.U. fuqaro A.A.ga 3100 AQSH dollarini 39,5 million so'mga sotgan vaqtida ushlanib, 3292 AQSH dollari, 10 yevro va 62 ming 410 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida esa D.G. fuqaro O.S.ga 3 400 AQSH dollarini 43 million so'mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:17
 
12
0
xs.uz

Mukofot jamgʻarmasi 22 million soʻm boʻlgan bellashuv yakuniga yetdi

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Cyber Arena' binosida 5-7-noyabr kunlari oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kibersportning 'Dota 2' yoʻnalishi boʻyicha 'Ziyo cup' turniri boʻlib oʻtdi.'ZIYO FORUM' Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan jami 50 ta davlat va nodavlat oliy taʼlim dargohlarinin

18 Nov 04:58
 
4
0
xs.uz

Ayrim fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:

25 Sep 13:14
 
34
0
xs.uz

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid Hukumat Qarori qabul qilindi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan foydalaniladi. Bu toʻgʻrisida '2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi.Maʼlum boʻlishicha, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Bunda bir nechta ishlar amalga oshiriladi.Birinchidan, sh

29 Oct 20:48
 
22
0
xs.uz

Demirsad olmasining xaridorgirligi siri nimada?

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Soʻx tumanining mashhur Chashma bulogʻi bir necha qishloqlarga obihayot baxsh etib, meva va sabzavotlarga oʻzgacha taʼm beradi. Shu bois Soʻxda yetishtiriladigan olma, nok, oʻrik, shaftoli kabi mevalar, kartoshka singari sabzavot mahsulotlari juda xaridorgir.Shu bois ichki bozor ehtiyojidan ortgan meva-sabzavotlar qoʻshni davlatlarga ham eksport qilinadi. Ayni paytda tumanda yurtimiz bozorlariga yiliga 15 ming tonnadan ziyod olma yetkazib beriladi. Shu kunla