calendar 25 Sep 13:14
eye 35
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bunday fuqarolar ijtimoiy soliqni uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlaydi. Shartlar orasida uy-joyini ozoda tutish ham bor

image


'Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida'gi Prezident Farmonining qabul qilinishi bilan kambagʻal oilalar reyestri shakllantirilishi belgilandi.

Ushbu farmonga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrdan 'mahalla yettiligi' tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakllantiriladi.

Shuningdek, kelgusi yilning 1-yanvaridan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashgan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlashi belgilandi.

Bundan tashqari, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band boʻlmagan aʼzolari ishga joylashganda, oʻzini oʻzi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlash davom ettiriladi.

Xabar qilinishicha, kambagʻal oilalarga koʻmak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila aʼzolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi hamda sogʻligʻini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda koʻrsatiladi.

Avvalroq, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming aholi kambagʻallikdan chiqarilishi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:17
 
22
0
xs.uz

Qori Yoʻldosh Poʻlatov nomi abadiylashtiriladimi?

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. 8-noyabr sanasi buxorolik tarix va madaniyat ixlosmandlari, xususan, muzey xodimlari uchun qadrli. Negaki, bundan roppa-rosa 102'yil muqaddam ' 1922-yilning 8-noyabrida koʻpchilikka hozir Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi nomi bilan yaxshi tanish tabarruk maskanga tamal toshi qoʻyilgan.Eʼtiborlisi, bu 'Buxoro axbori' (hozirgi 'Buxoronoma') gazetasidagi bir xabar orqali tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoldi. Shu birgina dalil ham gazetaning oʻrni, ahamiyati necho

01 Nov 21:29
 
26
0
xs.uz

Prezident “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning bir guruh vakillarini mukofotladi

Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, kon-metallurgiya sanoatini ilg'or texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirish, ishlab chiqarish barqarorligini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirishga qo'shgan munosib hissasi, strategik'ahamiyatga ega bo'lgan mineral boyliklarni samarali o'zlashtirish, xalqaro andozalarga mos yangi korxonalarni tashkil etish borasidagi katta xizmatlari,'ko'pmillatli mehnat jamoasida do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yuqori ma

11 Nov 03:17
 
15
0
xs.uz

Kanallarda yiliga beshta viloyat bir yilda ishlatadigan suv yoʻqotilyapti

Noyabr-mart oylari kanallarni betonlash uchun eng qulay vaqtligi taʼkidlandi. Hali 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur.Kanallarda yiliga 13 milliard kub metr suv yoʻqotilayapti. Bu ' Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryoning bir yil ishlatadigan suviga teng.Shu sababli kelgusi yilda betonlashga 800 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.Masʼul idoralarga 66 ta magistral kanal loyihasi va ekspertizasini yakunlab, qurilish ishlarini tez furs

29 Oct 20:49
 
20
0
xs.uz

Saylov jarayonlari davom etmoqda

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 582-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2849 ta. Shundan 21 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 41 nafar birinchi marta ovoz beruvchi yoshlar ishtirok etadi.Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'