Eʼtiborlisi, bu 'Buxoro axbori' (hozirgi 'Buxoronoma') gazetasidagi bir xabar orqali tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoldi. Shu birgina dalil ham gazetaning oʻrni, ahamiyati nechogʻli katta ekanligidan kichik bir nishonadir.
' 'Buxoro axbori'ning 1922-yil 112-sonida 'Buxoroda birinchi muzaxonaning ochilish marosimi' sarlavhali maqola eʼlon qilingan, ' deydi muzey-qoʻriqxona Tarix ilmiy boʻlimi mudiri Oʻktamali Ravshanov. ' Unda yozilishicha, maorif noziri Qori Yoʻldoshning saʼy-harakati bilan Buxoroda birinchi muzeyga asos solingan. Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosim tantanali tarzda oʻtgan. Mehmonlar orasida nozirlar shoʻrosining raisi Ota Xoʻja, hukumat aʼzolari, Rossiya vakili Funshteyn va boshqalarni koʻrish mumkin edi. Tadbir avvalida maorif noziri muovini Mazhar Maxdum soʻz olib, 'Bir mamlakatning tarixini bilmak uchun muzaxonadan ortiq bir tarix kitobi boʻlmas', degan soʻzlarni aytadi.
Marosim soʻnggida maorif noziri Qori Yoʻldosh Poʻlatov soʻzga chiqib, donishmandlarga xos kamtarlik bilan 'Biz bu yoʻlda gʻoyat oz ishlab, kichik bir narsa maydonga chiqora bildik. Ishonamanki, bizdan soʻngragilar muni takmil etarlar', degan gaplarni aytadi.
Voqealar rivojidan oʻzib aytish lozimki, bu maʼrifatparvar, jadid insonning bashorati toʻgʻri boʻlib chiqdi. Ayni damda muzey-qoʻriqxonaning joylarda oʻndan ziyod filiali ishlab turibdi.Ulardagi minglab eksponatlar xalqimizning boy madaniy, madaniy, moddiy boyligi sifatida xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Aytmoqchi, muzey ochish tashabbuskori boʻlgan Qori Yoʻldosh Poʻlatov haqida nimalar maʼlum? Tabiatan elparvar, taraqqiyot yoʻlini ilm-u maʼrifatda deb bilgan bu inson Buxoro Respublikasi tuzilganida xalq maorifi noziri boʻlgan. 'Maktablar haqidagi umumiy qoidalar' dasturini ishlab chiqqan. Bir yilcha 'Buxoro axbori' gazetasi bosh muharriri lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston SSR tashkil topganidan soʻng avvaliga moliya vaziri, keyin Xalq Komissarlar Soveti raisi vazifasini bajargan. Vazirlik paytida xizmat mashinasidan voz kechib, ishga el qatori piyoda borib kelgan.
Afsuski, suronli 30-yillardagi qattolliklar Qori Yoʻldoshni ham oʻz changaliga oldi. 1937-yilda qamaldi. Sovuq oʻlkalarga surgun qilindi. 1947-yilda ona yurtga qaytib keldi-yu ammo roʻshnolik koʻrmadi. Uni yana sud stoliga oʻtirgʻizdilar. Oqibatda umrining yana 9-yili qamoqda kechdi. 1957-yilda oqlandi. Garchi, u qatagʻondan tirik qolgan boʻlsa-da qattol tuzum oʻz niyatiga yetgandi. Qori Yoʻldosh sogʻligidan ayrildi. 'Xalq dushmani' tamgʻasi uni qon-qarindoshlaridan ham judo qildi. Ogʻir dard tufayli 1965-yilda hayotdan koʻz yumdi. Tarix fanlari doktori, professor Shodmon Hayitov taʼkidlaganidek, u oʻz toʻshagida jon taslim qilgan yagona jadid sifatida tarixda qoldi.
Yana oʻsha suronli yillarda gazetada eʼlon qilingan maqolaga qaytamiz. Unda yozilishicha, marosimda soʻz olganlardan biri muzeyga Qori Yoʻldosh nomini berish taklifini oʻrtaga tashlaydi. Tadbir ishtirokchisi Ota Xoʻja hukumat vakili sifatida bu taklifni qoʻllab-quvvatlaydi. Keyin nima boʻlgani bizga hozircha nomaʼlum. Lekin Fayzulla Xoʻjayev, Fitrat, Sadriddin Ayniy, Usmon Xoʻja Poʻlatxoʻjayev singari jadidlar bilan bir safda turgan bu fidoyi insonning nomi abadiylashtirilsa foydadan xoli boʻlmasdi. Zero, yurtimizni hur va ozod koʻrish, xalqimizni ilm-u maʼrifatli qilish yoʻlida jon tikkan ajdodlarimizni yod etish insoniy burchimizdir!
Saylov jarayonlari davom etmoqda
Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 582-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2849 ta. Shundan 21 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 41 nafar birinchi marta ovoz beruvchi yoshlar ishtirok etadi.Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'
15 yillik turmush qadri
Odatda, ish yuzasidan turli taqdir egalari bilan uchrashamiz. Bu har kungi holat boʻlgani bois ularning aksariyati ajablanarli emas. Biroq bugungi voqea meni oʻylashga majbur qildi.' Turmush oʻrtogʻim bilan 15'yil birga yashadik, ' deydi ayol suhbat chogʻida. ' Bu orada uch nafar farzandli boʻldik. Birgalikda savdo sohasida faoliyat yuritdik. Oʻzimdan, roʻzgʻordan orttirib, kredit asosida avtomobil ham sotib oldim. Taqdir emas ekan, oʻtgan yili ajralishimizga toʻgʻri keldi. Ishsiz qo
Toshkent viloyatida 417,1 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri, Zangiota tumani boʻlimlari va 'Zangiotatumangaz' xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.Unda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi 'Madaniyat' hamda 'Farobiy' MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.Shu kabi, Departamentning Sherobod tumani bo
Prezidentning Oliy Majlis Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli ' Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktoriYoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna ' Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professoriKoʻchimov Abdusaid Koʻchimovich ' Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktoriRafiqov Qudratilla M