Prezidentning Oliy Majlis Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:
Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli ' Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori
Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna ' Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori
Koʻchimov Abdusaid Koʻchimovich ' Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich ' Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich ' Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori
Safoyev Sodiq Solixovich ' Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari
Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli ' Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori
Turdiyev Sodiqjon ' Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash 'Nuroniy' jamgʻarmasi boshqaruvi raisi
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich ' Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib tayinlansin.
'
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoyev
Saylov jarayonlari davom etmoqda
Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 582-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2849 ta. Shundan 21 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 41 nafar birinchi marta ovoz beruvchi yoshlar ishtirok etadi.Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'
Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik chora
Qoʻlda terilgan paxta narxi 2500 soʻm etib belgilandi
Qayd etilishicha, bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qoʻl terimi uchun) 1500 soʻmdan kredit mablagʻlari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelingan. Bu oʻz navbatida bir muncha qiyinchilik tugʻdirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqarayotgan edi.'Mazkur holatlarni har tomonlama hisoblab va undan keyin terimchilarni moddiy ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida bugundan boshlab
Boshqaruv servis kompaniyalari: tajriba, ishonch va natija
' Ilgari biz yashaydigan uyga ham uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat koʻrsatar edi, ' deydi Urganch shahridagi 'Nurli hayot' mahallasida yashovchi Barno Nurullayeva. ' Gapning ochigʻi, mahalla ahli uning faoliyatidan qoniqmadi. Liftdagi yoki kommunal tizimdagi oddiygina nosozlikni ham vaqtida bartaraf eta olmay, 'ana boramiz, mana boramiz, mablagʻ topilsa, toʻgʻrilaymiz', degan bahonalar bilan ishni paysalga solavergach, fuqarolarning shirkatga ishonchi kamaydi. Natijada aholi oylik badalla