calendar 03 Sep 21:34
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Rossiyadagi YTHda halok boʻlgan oʻzbekistonliklarning jasadini Vatanga olib kelish boʻyicha topshiriq berdi

image
Avvalroq Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus yoʻl-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur YTHda halok boʻlganlarning jasadini Vatanga qaytarish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar bermoqda.

Dastlab hodisa oqibatda sakkiz nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani aytildi, biroq keyinchalik ulardan yetti nafari Oʻzbekiston fuqarolari ekani aniqlangan. Shuningdek, yana uch nafar oʻzbekistonlik turli tan jarohatlari bilan Nijegorod viloyatining tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

'Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga muvofiq, mamlakat Hukumati tomonidan tez orada halok boʻlganlarning jasadlarini Vatanga qaytarish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda. Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan', deyiladi rasmiy xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, Oʻzbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi rahbariyati va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari voqea joyida zarur yordam koʻrsatmoqda.

'Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlar tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz', deyiladi xabarda.

Shuningdek, elchixona qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Oʻzbekistonning Moskvadagi Elchixonasi Konsullik boʻlimining Call-markazi: +7 499 238 36 20; +7 499 230 00 76, hamda, Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi: +7 843 526 55 63 ʻga murojaat qilish soʻragan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 12:45
 
65
0
qalampir.uz

Buxoroda bolalarini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi

Avvalroq, Buxoro viloyatining Jondor tumanida eri xorijdan pul yubormagani uchun ayol voyaga yetmagan chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi ikki nafar egizak qizlarini kaltaklagni haqida xabar berilgandi. Bugun, 20 iyul kuni ushbu ayol farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona sifatida ro‘yxatga olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, tergovga qadar tekshiruv doirasida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 2020 yilda tug‘ilgan voyaga

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tabrik yoʻlladi.Prezident matbuot kotibining'xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin oʻz maktubida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishganini, jahon maydonida oʻz mavqeyini mustahkamlaganini qayd etgan.'Davlatlarimiz oʻrtasidagi str

26 Jul 16:29
 
84
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi YHXBB oʻtkazgan tenderni haqiqiy emas deb topdi. Endi nima boʻladi?

Maʼlum boʻlishicha, qoʻmitaga YHXBB tomonidan 2024-yil 10-iyunda boshlangʻich qiymati 26 milliard 500 million soʻm boʻlgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan. Qoʻmita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan oʻrganishlarda tender savdolari yoʻl belgilari uchun boʻyoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun oʻtkazilgani aniqlangan.Ishni koʻrib chiqish natijasida, 'Raqobat toʻgʻrisida'gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, Oʻzbekiston Respubli

23 Jul 11:35
 
85
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi Germaniyadagi olimpiadada nemis tilidan oltin medal oldi

Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi Rayona Ibrohimova Germaniyaning Gyottingen shahrida oʻtkazilgan jahon nemis tili olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Olmoniyaning eng mashhur 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 15-22-iyul kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada 62 davlatdan yuzdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Rayona birinchi oʻrinni yolgʻiz oʻzi egallamadi, xususan, bangladeshlik Mahek Xon va Shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska ham oʻzbek qizi bilan b