calendar 21 Jul 12:45
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Buxoroda bolalarini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi

image

Avvalroq, Buxoro viloyatining Jondor tumanida eri xorijdan pul yubormagani uchun ayol voyaga yetmagan chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi ikki nafar egizak qizlarini kaltaklagni haqida xabar berilgandi. Bugun, 20 iyul kuni ushbu ayol farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona sifatida ro‘yxatga olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tergovga qadar tekshiruv doirasida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 2020 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘.S. va 2021 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘.S.da hech qanday tan jarohati aniqlanmagan.

Biroq, I.M. ismli ayolning o‘z bolalariga nisbatan nomaqbul harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismida (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan. U tegishli jarima jazosiga tortilgan va farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona sifatida ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida ota 14 yashar o‘g‘lini ayovsiz urgandi. Shuningdek, Toshkentda erkak to‘rt yashar nabirasini yuz qismiga urib, kaltaklagani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
27
0
xs.uz

Turkiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu davlatda boʻlib turgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi oʻzbek bolalariga moʻljallangan maktablar reklamasi tarqalmoqda. Bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻrgatilishi eʼlon qilingan.Shundan kelib chiqqan holda ota-onalardan voyaga yetmagan farzan

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

20 Sep 00:21
 
19
0
xs.uz

“Adliya sayli”: muammolar yechimi, bilimlar sinovi va huquqiy savodxonlik

Xususan, vazirlik tashabbusi bilan mamlakatimizning turli hududlarida odamlarga huquqini anglatish mezoniga asoslangan tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgani ham fikrimiz dalilidir.Ayni kunlarda vazirlik ishchi guruhi tomonidan Nukus shahrida o'tkazilgan yana bir keng qamrovli tadbir ' 'Adliya sayli' huquqiy aksiyasida ham aholining katta qatlami qamrab olindiki, bu fuqarolarning advokatlar, notariuslar, sud tizimi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, huquqni muhofaza qil

20 Sep 00:21
 
26
0
xs.uz

Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari oshiriladi

Xalq deputatlari poytaxt Kengashining 12-sentyabrdagi qarorida keltirilishicha, 'Veolia Energy' tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun quyida taklif etilgan narxlar maʼqullandi:Yangi tariflarning amalga kiritilish sanasi maʼlum qilinmagan.Qayd etilishicha, shahar aholisi bazaviy tarifning 14 foizini toʻlaydi, qolgani shahar budjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.