calendar 19 Aug 07:04
eye 37
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kurskdagi vaziyat: Tahlilchilar nima demoqda?

image
Mahalliy Telegram kanallar Rossiyaning turli shaharlarida bepul turarjoy takliflarini ko'paytirdi va hukumat evakuatsiya qilinganlarga kompensatsiya sifatida bir martalik 100 AQSH dollaridan ko'proq mablag' taklif qilgan. Jiddiy shikastlanganlarga esa 6500 AQSH dollari berilishi aytilgan.

Rossiya ommaviy axborot vositalari ukrainaliklarning muvaffaqiyatini beixtiyor tan oldi. 'Zelenskiy rejimi kuchli qadam tashladi, natijada biz uchun unchalik ma'qul bo'lmagan xulosa va oqibatlar olib keldi', degan rossiyalik jurnalist.

'Ukraina Qurolli Kuchlarining harakatlari nafaqat ularning yuqori professionalligidan, balki Ukraina rahbariyatining ijodkorligidan ham dalolat beradi. Chunki ular hech kim kutmagan ishni qilishdi. Urush manzarasini butunlay o'zgartirib yubordi', deb yozadi Kremlni tanqid qilib turadigan siyosatchi Leonid Gozman.

Gozmanning ta'kidlashicha, Rossiya fuqarolari haligacha ukrainaliklarga ommaviy qarshilik ko'rsatmagan va Rossiyaning mudofaa qobiliyati haqida salbiy fikrlar bildirgan. Shuningdek, u generallar haqida fikr bildirar ekan, ular boshqa mamlakatlarga hujum qilishni qoyillatishi lekin o'zlarini himoya qila olmasligini qo'shimcha qilgan.

Rossiya ommaviy axborot vositalari Ukraina armiyasini tinch aholini nishonga olganlikda ayblamoqda. Shu bilan birga Ukraina askarlari Kurilovka qishlog'ida mashinalarga qarata o't ochib, homilador ayolning o'limiga sababchi bo'lgani, tinch aholini evakuatsiya qilishda yordam berayotgan ko'ngillilarni asirga olgani haqida xabarlar ham bor.

'Rossiya-1' telekanalidagi o'zining tok-shousida Putin bilan do'st bo'lgan teleboshlovchi Vladimir Solovyov Ukrainaning g'arblik ittifoqchilarini bosqinni uyushtirganlikda aybladi.

'Bu operatsiyani Zelenskiy yoki uning shtab-kvartirasi tashkil qilmagani aniq. Ushbu operatsiya NATO mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning imzo uslubi aniq ko'rinadi', degan u. Shuningdek, teleboshlovchiga ko'ra, Telegram kanallar va ommaviy axborot vositalari aholi orasida vahima qo'zg'atmoqda.

Iste'fodagi podpolkovnik Roman Shkurlatov 'Izvestiya' gazetasida chop etilgan maqolasida dushmanning bir nechta maqsadini qayd etgan.

'Birinchisi, g'arblik homiylari va rahbarlariga Ukraina Qurolli Kuchlari nafaqat chekinishi, balki qandaydir natijalar ham berishi mumkinligini ko'rsatish. Ikkinchi ehtimoliy maqsad muzokaralarda savdolashish uchun Kursk viloyati hududida tayanch punktini qo'lga kiritishga urinish. Uchinchisi, boshqa yo'nalishlarni ochib, bizni Kursk yaqinidagi zaxiralarni tortib olishga majburlashga harakatdir. Ammo ular bu borada muvaffaqiyat qozona olmasligi aniq. Chunki foydalanilmayotgan zaxiralarimiz yetarlicha', degan Shkurlatov.

Xalqaro hamkorlik va hamkorlik markazi asoschisi Aleksey Malininning 'Al Jazeera'ga aytishicha, Rossiya nuqtayi nazaridan Kurskka bostirib kirish tinchlik muzokaralariga teskari samara beradi.

'Ukraina qo'shinlarining Kursk viloyatiga bostirib kirishi Ukraina o'zining muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlashni maqsad qilganini ko'rsatadi. Biroq, bu harakat muzokaralar jarayonini yaqinlashtirish uchun hech qanday yordam bermaydi. Aksincha, muzokaralarni keskin kechiktiradi. Hozirda muzokaralar haqida aholi punktlari va tinch aholining dahshatli bombardimonidan keyin avvalgidek xotirjam gapira olmaymiz', degan u.

Malininning qo'shimcha qilishicha, Kurskdagi vaziyat hal bo'lgach, rus harbiylari intensiv hujum bilan javob qaytaradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
23
0
xs.uz

Ukrainaning Rossiyaga zarbasi va Isroilning yerosti kasalxonasi shaylantirilmoqda (+video)

Isroil moliya vaziri Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish 'adolatli va axloqiy' ish ekanligini bildirdiIsroil moliya vaziri Bezalel Smotrich Gʻazo haqidagi soʻnggi izohlari uchun xalqaro tanqidga uchradi. Smotrich HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish 'adolatli va axloqiy' boʻlishini bildirgan.Isroil rasmiysining soʻzlari Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Buyuk Britaniyaning noroziligiga sabab boʻldi va ular Isroil hukumatini Moliy

21 Jul 23:17
 
94
0
xs.uz

Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini maʼlum qildi

AQSHning amaldagi yetakchisi Jo Bayden prezidentlik poygasini tark etishini va davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurashmasligini maʼlum qildi. Shunday qilib, u barcha saylov tadbirlarida ishtirok etishni toʻxtatadi.Shu bilan birga, u muddatining oxirigicha AQSH prezidenti sifatida qolishini taʼkidladi.AQSH ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʻra, vitse-prezident Kamala Xarris uning oʻrnini egallash uchun asosiy daʼvogar sifatida koʻrilmoqda.AQSHda prezidentlik saylovlar

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Netanyahu AQShda va Isroil qilmishlari (+video)

Isroilning Xon Yunisdagi qilmishlariXon Yunis oxirgi kunlarda qonga botirilmoqda. Isroil askarlari aholini hududni tark etishga chaqirganidan koʻp oʻtmay oʻqqa tutgan. Odamlar oziq-ovqat va suvsiz qolmoqda. Ularni evakuatsiya qiladigan hech kim yoʻq. Xon Yunisda faqat bitta Nosir shifoxonasi ishlayapti. Hududning tez tibbiy yordam xodimlari yetib bora olmaydigan joylari ham bor.Hududdan bir kunning oʻzida 150 mingdan ortiq odam qochishga majbur boʻlgan. Soʻnggi kunlardagi zarbalardan toʻ

27 Jul 19:10
 
84
0
qalampir.uz

AQSH 2025 yilda Markaziy Osiyoga yordamni 10 foizga qisqartirishi mumkin 

Qo‘shma Shtatlar mintaqa bilan aloqalarni rivojlantirish niyatini e’lon qilganiga qaramay, 2025 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam mablag‘larini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Buni Davlat departamenti tarkibiga kiruvchi Xalqaro hamkorlik agentligi (USAID)  rahbarining Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur ham tasdiqladi. Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasida tinglash uchun tayyorlangan bayonot matniga ko‘ra, AQSH ma’muriyatining 2025 mol