calendar 11 Aug 03:44
eye 24
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ukrainaning Rossiyaga zarbasi va Isroilning yerosti kasalxonasi shaylantirilmoqda (+video)

image
Isroil moliya vaziri Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish 'adolatli va axloqiy' ish ekanligini bildirdi

Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich Gʻazo haqidagi soʻnggi izohlari uchun xalqaro tanqidga uchradi. Smotrich HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish 'adolatli va axloqiy' boʻlishini bildirgan.

Isroil rasmiysining soʻzlari Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Buyuk Britaniyaning noroziligiga sabab boʻldi va ular Isroil hukumatini Moliya vazirining bayonotlari boʻyicha tushuntirish berishini soʻrab chiqqan. Smotrich oʻz nutqida Isroil Gʻazoga insonparvarlik yordamini oʻtkazishi xalqaro bosim tufayli boʻlganini daʼvo qildi.

'Dunyoda hech kim bizga ikki million odamni ochlikdan oʻldirishga yoʻl qoʻymaydi, garchi bu garovga olinganlarni ozod qilish uchun adolatli va axloqiy boʻlsa ham', degan u.

Fransiya ham Smotrichning soʻzlarini tanqid qilib, Gʻazoga insonparvarlik yordamini yetkazish 'xalqaro gumanitar huquq doirasidagi majburiyat' ekanini taʼkidladi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bu fikrni qoʻllab-quvvatlab, Isroil hukumatini vazirning soʻzlarini 'qaytarib olish va qoralashga' chaqirdi. Xalqaro hamjamiyat bu kabi bayonotlarning oqibatlaridan chuqur xavotir bildirmoqda.

Isroil tomoni Moliya vazirining fikrlariga izoh berishni istamagan. Hozirda jarayonlar taranglashmoqda va hech qanday yaxshilanish yuzaga kelmagan.

Putin Ukrainaning hujumini provokatsiyada ayblamoqda

Moskva janubi-gʻarbiy Kursk viloyatida yirik transchegaraviy hujumga qarshi kurashayotganini aytganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani katta provokatsiyada aybladi. Aynan janubi-gʻarbiy mintaqada favqulodda holat eʼlon qilingan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi chorshanba kuni 31 tinch fuqaro, jumladan, olti bola yaralanganini maʼlum qildi. Viloyat gubernatorining aytishicha, bir kun avval Ukraina qoʻshinlari tanklar va bronetexnika qoʻllab-quvvatlagan holda chegarani buzib kirishi oqibatida besh kishi halok boʻlgan.

'Kiyev rejimi yana bir yirik provokatsiyani boshladi', degan Putin Ukraina shimolidagi Sumi viloyati bilan chegaradosh Kursk viloyatidagi hujumga ishora qilib.

Ukraina hujum haqida toʻgʻridan-toʻgʻri izoh bermadi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina kuchlari Moskvadan 530 km janubi-gʻarbda joylashgan chegaradagi Sudja shaharchasining shimoli-gʻarbiga siljiyotganini aytdi. Rossiya hujumni qaytarish uchun havo va artilleriya oʻq otish kuchidan foydalanganini maʼlum qilgan, bundan oldin mintaqaga qoʻshimcha kuchlar yuborilgani maʼlum.

Rossiya matbuoti tarqatgan xabarlarida 5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan shaharning yonayotgani va evakuatsiya qilinmagan aholi esa cherkovlardan boshpana topgani aytilgan. Biroq, yetkazilgan zarar miqdori nomaʼlumligicha qolmoqda.

Vashingtonda joylashgan Urushni oʻrganish instituti 7-avgust kuni oʻzining yangilangan maʼlumotlariga koʻra, geolokatsion tasvirlar Ukraina Rossiya ichida 10 km uzoqqa ilgarilab ketgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatmoqda.

Putin bilan uchrashuvda Rossiya Bosh shtab boshligʻi Valeriy Gerasimov Rossiya kuchlari 1000 ga yaqin ukrainalik askarning hujumini toʻxtatganini aytgan.

Ukraina Bosh shtabi Sumi viloyatida janglar avj olgani, rasmiylar 6 mingga yaqin odamni evakuatsiya qilganini taʼkidlagan. Shuningdek, ular hududga yaqin joyda samolyot, vertolyot va ogʻir qurollarni joylashtirgani ammo oldinga siljishga erish olmay katta yoʻqotishlarga uchraganini maʼlum qildi.

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga bergan qurollardan faqat chegaraning narigi tomonidagi tahdidlarni nishonga olish mumkinligi boʻyicha siyosatini oʻzgartirmaganini eslatib qoʻydi.

Sudja atrofidagi janglar 14-iyundan beri Rossiya Ukraina qoʻshinlaridan 420 kvadrat kilometr hududni tortib olganini daʼvo qilishi bilan sodir boʻlgan edi.

Isroilning yer osti kasalxonasi hujumga tayyorlanmoqda

Isroilning shimolidagi Hayfa shahrida ulkan yerosti shifoxonasi mavjud. U beton devorlar bilan qoplangan boʻlib, operatsiya xonalari, tugʻruq boʻlimi, tibbiyot anjomlari bilan taʼminlangan. Hozircha u yerda bemorlar yoʻq, kasalxona kutilajak janglar oldidan tayyor holga keltirilmoqda. Ushbu joy 2006-yilgi Isroil-'Hizbulloh' urushidan keyin qurilgan.

Muassasa 2 mingdan ortiq oʻringa ega. Isroilga katta hujum sodir boʻlgan taqdirda, bemorlarni qabul qiladi. Mintaqada keskinlik taranglashgan bir paytda shifokorlar ham janglar tezroq tugashidan umidvor. Hayfa shari Livanga yaqinligi va 'Hizbulloh'ning raketalari odamlarni xavotirga soladi.

Ushbu hududda yashovchilar favqulodda vaziyatlarda mashqlar oʻtkazishga oʻrganib qolgan, hatto maktab oʻquvchilari ham hujum sodir boʻlganda nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi.

'Bu soatli bombaga oʻxshaydi. Xohlagan vaqtda bu signal chalinishi boʻlishi mumkin. Men oʻlamanmi tirik qolamanmi. Oilamni koʻrishga imkonim boʻladimi boʻlmaydimi bilmayman', deya oʻz holatini tasvirlagan shu yerlik aholi.

Saksondan oshgan Shahar meri uyqusiz tunlari haqida gapirar ekan, oʻz boʻynida katta masʼuliyat turganligini anglaydi. Yona Yahav 2006-yilgi urush paytida ham shaharni boshqargan.

'Men juda afsusdaman. Rahbarlar qurish oʻrniga vayronagarchilik, oʻldirish, jang bilan shugʻullanadi', degan shahar meri. Hayfa 'aralash shahar' deb atalib, isroillik arablarning katta qismi isroillik yahudiylar bilan birga yashaydigan joydir. Yahavning aytishicha, bu tinch jamiyat ammo hozirgi mojaro vaziyatni yanada ogʻriqli qiladi.

Teylor Svift konserti terakt sabab qoldirildi

ISHID terrorchilari sifatida talqin qilinayotgan shaxslarning tahdidlari sababli Teylor Sviftning konserti qoldirildi.

Qayd etilishicha, Avstriya hukumati teraktning oldini olish maqsadida ikki shaxsni hibsga oldi. Rejalashtirilgan hujum Sviftning yaqinlashib kelayotgan shoularida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga olib kelgan.

Teylor Svift Venada payshanba, juma va shanba kunlariga rejalashtirilgan konsertini kechiktirishga majbur boʻlgan.

Avstriya jamoat xavfsizligi direktori Frans Ruf 19 yoshli gumonlanuvchining konsertlarda terakt uyushtirishga boʻlgan harakatlari fosh qilinganini bildirgan. Rasmiylar gumonlanuvchining turar joyida portlovchi kimyoviy moddalarni topgan va hozirda tekshirish ishlari davom etmoqda.

Razvedka tashkilotlari Frans Rufning ISHIDga aʼzo ekanligi va internetda radikal fikrlarni ilgari surib kelgani aniqlangan. Hibsga olishda Avstriyaning 'Kobra' maxsus guruhi yordam bergan. Rasmiylar gumonlanuvchining potensial hujumga 'tayyorgarlik harakatlari' haqida maxsus razvedka tashkilotlari orqali xabar topgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 09:40
 
74
0
qalampir.uz

AQSH yadroviy arsenaliga oid ma’lumotlarni ochiqladi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining yadroviy arsenalida 2023 yil sentyabr holatiga ko‘ra,  3748 ta jangovar kallak bor edi. Bu haqda bugun, 20 iyul kuni AQSH Yadro xavfsizligi milliy agentligi  ma’lum qildi. “AQSH yadro qurollar zaxirasidagi shaffoflik” deb nomlangan hujjatda aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurollar sonini kamaytirishda davom etmoqda. 1994 yildan 2023 yilgacha Qo‘shma Shtatlar 12 088 ta yadro kallaklarini demontaj qilgan. Bildirilishicha, y

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

“Kelajakdan gapiramiz”: 2034 yilgi qishki Olimpiada ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endyinlari mezbonligi kutilmagan shaharga berildi

XOQ Parijdagi 142-sessiyasida shunday qaror qabul qilgan. Qayd etish kerakki, ushbu shahar avval ham, 2002-yilda, ushbu nufuzli turnirni qabul qilgan edi. Mezbonlikni qoʻlga kiritish uchun 'Yuta 2034' delegatsiyasiga Yuta gubernatori Spenser Koks, Solt-Leyk-Siti meri Erin Mendenxoll, AQSH Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Jean Sayks boshchilik qilishdi.Maʼmurlar dunyo sportchilarini Yuta shtatida kutib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Gubernator Koks bu turnirning qabul qi

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi 

Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.  Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavf

19 Aug 07:04
 
21
0
xs.uz

Yerliklar 19-avgust kuni super Oy hodisasiga guvoh boʻladi

Avgust oyida sodir boʻladigan toʻlin Oylardan birining nomi 'Bakra Oyi'. Bu super Oy va moviy Oyning kombinatsiyasi hisoblanadi. Uning nomi yilning shu davrida buyuk koʻllarda va boshqa yirik suv havzalarida bakra baliqlarini tutgan hind qabilalari bilan bogʻliq.NASA maʼlumotlariga koʻra, navbatdagi mavsumiy moviy Oy 2027-yilning may oyida kutilmoqda. 'Bakra Oyi' va moviy Oyning keyingi juftligi 2037-yil yanvar va mart oylarida kuzatiladi.Maʼlumot uchun, super Oy hodisasi vaqtida Oy odatd