calendar 19 Aug 07:03
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryoda 2 kg kannabis sotayotgan shaxs qoʻlga olindi

image
Sirdaryo viloyatida giyohvand modda sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6-7-avgust kunlari Guliston shahri hududida oʻtkazilgan 'Nazorat ostidan olish' tezkor-qidiruv tadbiri davomida shu shaharda yashovchi shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga 2 000 000 soʻm pul evaziga polietilen qopga solingan, yashil rangli, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, nam holatdagi, nazorat oʻlchovidan oʻtkazilganda 2 kilogramm 755 gramm boʻlgan kannabis giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositani sotgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

'Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda', deyiladi xabar soʻngida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
48
0
xs.uz

Paxta-toʻqimachilik klasterlariga tegishli Prezident farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, farmonga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan bir qator choralar belgilanmoqda. Xususan, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan 2023-y

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi

2-sentyabr kuni davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yigʻildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligini eʼlon qilgan va uni taraqqiyot yoʻliga olib chiqqan yetakchi ekanligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari Mustaqilli

26 Jul 10:21
 
29
0
xs.uz

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali'muloqot qildi.Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va farovonlik, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik

29 Jul 11:56
 
55
0
qalampir.uz

OTMga kirish uchun minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish balli o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish balli – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36 foizi); to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30 foizi) etib belgilandi. Belgilangan ballni to‘play olmagan