calendar 26 Jul 10:21
eye 54
comments 0
comments Manba: xs.uz

Paxta-toʻqimachilik klasterlariga tegishli Prezident farmoni eʼlon qilindi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, farmonga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan bir qator choralar belgilanmoqda. Xususan, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan 2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni 2024-yil 1-dekabrgacha toʻliq qaytargan klasterlarga ushbu kredit boʻyicha foiz toʻlovlari (bank marjasidan tashqari) 2025-yil 1-yanvarga qadar Jamgʻarma hisobidan qaytarib beriladi.

Bundan tashqari, 2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda Jamgʻarmaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qoldigʻini qaytarish muddati tijorat banklarining ijobiy xulosasi asosida 2025-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-avgustdan Jamgʻarma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha klasterlar taʼsischilarining shaxsiy kafilligi qoʻshimcha ravishda rasmiylashtiriladi.

Qayd etilishicha, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan va sotib olish qiymatining 35 foizi va undan yuqori qismi toʻlangan paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish maskanlarini jalb etiladigan kredit boʻyicha mulkiy majmua sifatida garovga qoʻyishga ruxsat berilishi ham farmonga asosan amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

'Tugatilayotgan 'Oʻzpaxtasanoat' AJning mulkiy majmualarini sotib olish boʻyicha klasterlar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan toʻlov grafigi boʻyicha qarzdorliklar muddati 1-yilga uzaytiriladi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
10
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga yetib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi.'Vnukovo' aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Ertaga, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

10 Oct 10:49
 
14
0
xs.uz

Oʻzaro manfaatli hamkorlik

Gʻ.Otajonov/'Xalq soʻzi'. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, 'Qoraqalpogʻiston Respublikasida 'Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish' loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv x

10 Oct 16:28
 
12
0
xs.uz

“Milton” toʻfoni sabab AQSHdagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Florida hukumati 'Milton' toʻfoni yaqinlashib kelayotgani sababli shtatning 51 shahrida'favqulodda holat'eʼlon qilgan edi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar bermoqda.Unga koʻra, fuqarolar'shoshilinch yordam kerak boʻlsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishi'mumkin:Shuningdek, toʻfon natijasida jabr

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga