calendar 10 Oct 10:49
eye 43
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzaro manfaatli hamkorlik

image
Gʻ.Otajonov/'Xalq soʻzi'. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, 'Qoraqalpogʻiston Respublikasida 'Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish' loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.

Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligida ham boʻlib, soha masʼullari bilan loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qildi.



Qoraqalpogʻistondagi 'Suyenli' kanalining 96,6 km qismi va 'Parallel' kanalining 36,0 km qismini beton qoplamasi bilan qoplanadi. 'Suyenli' kanalining bosh suv olish inshooti hamda 196 dona gidrotexnik inshootlari qayta tiklanadi. Suvning hisobini yuritish uchun SCADA (suvni monitoringi va boshqaruvi) tizimini joriy qilinadi. Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan 209,2 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlariga kafolatli suv yetkazib beriladi. Shuningdek kanallarning foydali ish koeffitsiyentini oʻrtacha 15-30 foizga qadar oshiriladi. Suv xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritib kelayotgan koʻplab xodimlarning malakasi oshiriladi.



Maʼlumot uchun: 'Suyenli' magistral kanalini modernizatsiya qilish' loyihasi boʻyicha tayyorlanayotgan dastlabki texnik-iqtisodiy asosga koʻra, loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh, Xoʻjayli, Shumanay, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot va Moʻynoq tumanlarida amalga oshiriladi.




Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
20
0
xs.uz

Buyuk oʻzgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, bu dargoh nafaqat oʻtmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bogʻlaydigan, taraqqiyotimizning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi boʻlishi zarurligini taʼkidladi.Davlatimiz rahbarining tashabbusi va gʻoyasi asosida bunyod etilayotgan ushbu majmuada yurtimizdagi islom madaniyati bilan bogʻli

27 Jan 00:53
 
23
0
xs.uz

Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Ulugʻbek Odashevich Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari ' viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Tayinlovga qadar Ulugʻbek Rahimov viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.Maʼlumot uchun, Ulugʻbek Rahimov 1971-yilda Paxtaobod tumanida tugʻilgan. Namangan

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Dorixonalar orqali giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni dorixonalar orqali berish tartibi qayta koʻrib chiqilib, uning aniq meʼyorlari belgilandi. Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 27-yanvar kuni rasmiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 'Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida'gi nizom asosida amalga oshiriladi.Yangi nizomga koʻra, giyohvandlik vositalari do

31 Jan 15:21
 
18
0
xs.uz

Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m