'Oltin vodiy sayyohlik halqasi' turistik yoʻnalishi jami Fargʻonada 22 ta, Andijonda 18 ta va Namanganda 17 ta tashrif obyektlarini oʻz ichiga olgan.
Vodiyga tashrif buyurgan turistlarni aniq marshrut asosida kutib olinadi. Sayyohlarga qiziqarli manzillar taqdim etiladi. Mehmonlar 'Oltin vodiy sayyohlik halqasi' turistik yoʻnalishida joylashgan madaniy meros obyektlari, eko- va agroturizm obyektlari, koʻngilochar maskanlar va hunarmandchilik markazlari bilan yaqindan tanishadi.
Xorazm va Qoraqalpogʻiston boʻylab 'Qalʼalar halqasi' turistik yoʻnalishi xorijlik va mahalliy sayyohlarga yurtimizda joylashgan qadimiy qalʼalar ' Ichan Qalʼa, Ulli Hovli, Qalajiq qalʼa, Sulaymon qalʼa, Toshqalʼa, Ayazqalʼa, Tuproqqalʼa va Ellikqalʼa tarixi bilan yaqindan tanishishga imkoniyat yaratadi.
Qayd etilishicha, mazkur turistik yoʻnalishlar mamlakatning qadimiy qadamjolariga xorijlik va mahalliy sayyohlar oqimini koʻpaytirishga va Oʻzbekiston turizm salohiyatini oshirishga yordam beradi.
Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur
26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun
Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,Bir eslasam eziladi bagʻri-dilim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Onam 'erkam' deb quchganda tunlar yarim,Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim,Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar,Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,Topganimiz handa
Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor hamda professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktyabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. U 1990-1993-yillarda konservatoriyada 'Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi'da oʻqituvchi boʻlib ishlagan.Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan. Un
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri