calendar 11 Aug 03:44
eye 91
comments 0
comments Manba: xs.uz

Razambek Jamalov Olimpiada chempioni!

image
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov 'Parij-2024' yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.

-74 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz Jamalov finalda yaponiyalik Daichi Takatani bilan oltin medal uchun kurashdi. Finalda Razambek 'kunchiqar yurt' vakilini muddatidan oldin taslim qildi.

Qayd etish kerakki, Jamalov turnirda sensatsion natijalar qayd etmoqda. U birinchi bahsda 'Tokio-2020' finalchisi Magomedxabib Kadimagomedovni 8:0, toʻrt karra Yevropa chempioni va jahon erkin kurash yulduzi Slovakiya vakili Taymuraz Salkazanovni 10:4 hisobida magʻlub qildi.

Chorak finalda esa eng murakkab raqibini, Albaniya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik Chermen Valiyevni 6:5 hisobida yutishga muvaffaq boʻldi. Yarim finalda esa Tojikiston sharafini himoya qilayotgan Viktor Rassadinga qarshi oʻtkazdi va 8:2 hisobida gʻalabaga erishdi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Razambek Salambekovich Jamalov 1998-yil 1-iyulda Chechenistonda tugʻilgan. 2020-yilgi Jahon kubogi gʻolibi hisoblanadi.

Avvalroq, 'Tokio-2020' gʻolibi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024'da kumush medaliga ega chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
609
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

13 May 14:39
 
93
0
xs.uz

“Real Madrid” Hatoga jiddiy qiziqmoqda

Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi yozgi transfer oynasida 'Ayaks'ning yosh va istiqbolli himoyachisi Jorrel Hato bilan shartnoma imzolashga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 'Team Talk' nashri xabar berdi.Klub ichki siyosatida asosan erkin agentlar bilan ishlashga urgʻu berilishiga qaramay, madridliklar bu safar oʻz qoidasidan chekinishga tayyor. Bunga Hatoning koʻp qirrali oʻyini, yoshligi va taktik moslashuvchanligi sabab boʻlgan.Jorrel Hato koʻpchilik mutaxassislar tomonidan 'yangi A

13 May 14:39
 
91
0
xs.uz

Mbappe bir masalada “Real Madrid” tarixidagi eng zoʻri boʻldi

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 'El-Klasiko'da 'Barselona' darvozasiga kiritgan xet-trigi bilan 'Real Madrid' tarixiga kirdi. U joriy mavsumda 'Real' safida debyut qilgan futbolchilar orasida eng koʻp gol urgan oʻyinchiga aylandi ' 53 oʻyinda 39 ta gol. Bu natija bilan u 32-yil avval oʻrnatilgan Ivan Zamoranoning 37 gollik rekordini yangiladi.Katalonlarga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda Mbappe 'Real'ning yagona toʻpurariga aylandi. U avval penaltidan gol urdi, soʻngra raqibning yuqori c

16 Apr 09:12
 
47
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas