calendar 11 Aug 03:43
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti doirasidagi tadbirlar yakunlandi – Fotoreportaj

image
Tashrif dasturiga muvofiq, Ostona shahrida O'zbekiston va Qozog'iston yetakchilari tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o'tkazdilar. Ikki tomonlama hujjatlar to'plami qabul qilindi. Qo'shma loyihalarni ishga tushirish marosimi bo'lib o'tdi.

Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlatimiz rahbariga O'zbekiston-Qozog'iston do'stligini mustahkamlashga qo'shgan ulkan hissasi uchun o'z mamlakatining oliy davlat mukofoti - 'Oltin Qiron' ordenini tantanali ravishda topshirdi.



Yetakchilar Qozog'iston poytaxtida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali ochilishida ishtirok etdilar.

Bugun O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi va mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashning ustuvor yo'nalishlarini ko'rsatib o'tdi.

Shavkat Mirziyoyevga mintaqada do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va o'zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.



Sammit doirasida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda ikki tomonlama do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo'ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo'nab ketdi.















'



























































Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
6
0
xs.uz

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining faoliyatini tubdan oʻzgartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda tarmoq rahbarlari va hokimlarga yirik korxonalar bilan cheklanmasdan, sohadagi barcha tadbirkor bilan ishlashni oʻrganishi kerakligi koʻrsatib'oʻtildi.Shu bois 'Oʻzeltexsanoat' uyushmasining faoliyatini tubdan oʻzgartirish lozimligi taʼkidlandi.Xususan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan tovarlarni aniqlash, ular boʻyicha loyiha qilib, tadbirkorlarga berish; sohadagi standartlarni xalqaro talablarga moslab, tad

22 Jul 13:30
 
62
0
qalampir.uz

Haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina ag‘anadi. Qurbon bor

Samarqand viloyatida Nexia-3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli mashina yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 20 iyul kuni soat 06:00 atrofida Nurobod tumanining Jarquduq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-54 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ingichka-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotgan Nexia-3 haydovchisi uxl

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tash

26 Jul 13:01
 
61
0
xs.uz

Fargʻonada 15 sutka “oʻtirib chiqqan” fuqaro 10,5 ming dollar aliment toʻladi

Bildirilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining 2015-yil 5-fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.N.dan undiruvchi N.M. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.Biroq ota oʻz farzandining moddiy taʼminotidan uzoq vaqt boʻyin tovlab kelgan. Shu bois, qarzdor fuqaroga nisbatan toʻplangan hujjatlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474'-moddasiga asosan Jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tumani sudiga yub