calendar 27 Jul 15:44
eye 95
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjallashganlar jazolandi

image

24 iyul kuni Farg‘ona shahri markazidagi bozorda tadbirkor va bozor ma’muriyati xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan edi. Unda qatnashganlar jarimaga tortildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari tomonidan bozorda janjallashganlarga  nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-, 194-moddasi 1-qismi tartibida hujjatlar rasmiylashtirib, qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan. 

Sud ma’muriy ish materiallarini har tomonlama o‘rganib chiqib, Farg‘ona shahar savdo majmuasida faoliyat olib boruvchi 4 nafar savdogar, D.N, D.O, Sh.Q, O.I,larga hamda 4 nafar bozor ma’muriyati xodimlari F.Sh, O.M, Z.X, J.T larga MJtKning 194-moddasi 1-qismi tartibida jarima jazosi tayinlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Surxondaryodagi bozorda IIB xodimlari bilan janjallashgan sotuvchi ayol jarimaga tortilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
23
0
xs.uz

Yoshlarning “yashil” tashabbuslari butunjahon ekofaollari eʼtiborida

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ekologiya himoyasiga oid tashabbuslar, xususan, yoshlarning fikr va takliflarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning ushbu yoʻnalishdagi bir qator muammolariga yechim topishda yaqindan koʻmaklashishi bilan alohida diqqatga sazovor. Boisi tabiatni muhofaza qilish inson salomatligi, ertangi kuni, sogʻlom kelajagi uchun bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda 2025-yil ' Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili deya eʼlon qilingani b

17 May 21:46
 
286
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel

31 May 08:49
 
8
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

16 Apr 09:12
 
53
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari