Poytaxt va yana uch viloyatda fuqarolarning “Amerika orzusi” ushalmay qoldi

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan shaxs Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi, 1997-yilda tugʻilgan fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 'Toshkent-Istanbul-Madrid-Tixuana' yoʻnalishida Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborish hamda buning uchun zarur boʻladigan viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 334 mln soʻm olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa holatda esa DXX xodimlari tomonidan prokuratura hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1969-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni AQShga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va viza olib berish berish evaziga 42 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 28 800 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Samarqand shahrida yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan shaxs Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning aldov yoʻli bilan ishonchiga kirib, uning nomiga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, 'Turkiya-Yevropa davlatlari-Meksika' yoʻnalishida aylanma yoʻllar orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborish evaziga 17 500 AQSh dollari talab qiladi. Ammo, u oldindan 6000 AQSh dollari olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan Uchquduq tumanida istiqomat qiluvchi shaxs fuqaroni Turkiya va Meksika davlatlari orqali Qoʻshma Shtatlarga yuborish va u yerda ishga joylashtirish evaziga 19 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 6200 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi, 1988-yilda tugʻilgan shaxs Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Qoʻshma Shtatlarga ishga yuborishni vaʼda qilib, bu kabi ishlarni qilishga vakolati boʻlmasada, dastlab, 2023-yilning aprel may oylarida 14 300 AQSh dollarini olib, uni aylanma yoʻllar bilan Janubiy Afrika Respublikasiga yuborib, uni boshqa davlatda chorasiz holatda qoldiradi va vaziyatni oʻnglash, yaʼni uni Amerikaga oʻtkazish uchun uning otasidan qoʻshimcha 6700 AQSh dollari talab qiladi.
DXX Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda u soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br
O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa
Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda
Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga