Voleybol sporti yanada rivojlantiriladi. Mamlakat boʻylab bir qator anʼanaviy musobaqalar yoʻlga qoʻyiladi

Xususan, oliy taʼlim muassasalari talabalari, professional taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida 'Volleyball stars' Oʻzbekiston kubogi, vazirlik va idoralar xodimlari oʻrtasida 3 bosqichli (tuman (shahar) ' viloyat ' respublika) voleybol sport turlari boʻyicha 'Yangi Oʻzbekiston' respublika musobaqasi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida 3 bosqichli Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi kubogi, nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida para voleybol sport musobaqalari ham qarorga muvofiq oʻtkazilishi belgilandi.
Qayd etish kerakki, 2025-yildan har ikki yilda bir marta voleybol boʻyicha Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga aʼzo davlatlar oʻrtasida 'Buyuk Ipak yoʻli' xalqaro turniri oʻtkazib boriladi.
Shuningdek, Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati Voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati sifatida qayta tashkil etiladi.
Avvalroq, endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerakligi haqida xabar berilgandi.
Toshkentda golf bo‘yicha xalqaro turnir boshlanmoqda
Mazkur musobaqa avvallari Qozog'iston va Turkiyada o'tkazilgan bo'lib, bu gal unga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.Bu yilgi bahslarda O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Hindiston, Qirg'iziston va Rossiyadan 8 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi.
“9 nafar futbolchi 11 nafar futbolchiga qarshi”: Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi sohibiga aylandi
Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida oʻtkazilayotgan 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu turnirning final bahsida Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni hisoblangan Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi saf tortdi.Oʻyinning birinchi boʻlimi hamyurtlarimiz uchun omadsiz yakunlandi. Tengkurashlar ostida oʻtgan dastlabki 45 daqiqalikning 40-daqiqasida terma jamoamiz futbolchisi Nurbek Sarsenbayevga qizil kar
Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz
Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.
Farg‘ona voleybol bo‘yicha html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMillatlar ligasihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqasiga mezbonlik qiladi
Bugun Farg'ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari ' Eron va Qozog'iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.Ularni viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.