calendar 26 Jul 10:21
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

image
Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.

'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.

Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ham atashmoqda.

Ularning ishlash prinsip juda oddiy. Dastlab, robotga oʻrnatilgan maxsus sensor sigareta qoldiqlarini aniqlaydi, soʻngra oyoqlarga biriktirgan vakuumli shlanglar chiqindini soʻrib oladi. Ular sunʼiy idrok bilan jihozlangan boʻlib, mustaqil qaror qabul qila oladi.

Maʼlum qilinishicha, robot chiqindini aniqlash va uni yigʻishning eng yaxshi usulini rejalashtirish uchun ilgʻor texnologiyalardan, jumladan konvolyutsion neyron tarmogʻidan foydalanadi. Vizual yordam koʻrsatish tizimi, koʻrish datchigining fikr-mulohazasidan foydalangan 'oʻzga sayyoralik'ning tozalash usuli anʼanaviy qoʻl mehnatiga nisbatan sezilarli darajada yaxshi ekanligi ham aniqlangan.

'VERO' amaliy sinovlarda ajoyib natijalar koʻrsata oldi. Robot turli muhitlarda sigaret qoldiqlarining qariyb 90 foizini muvaffaqiyatli yigʻdi. Bu samaradorlik inson mehnatidan qariyb 30 foizga koʻp deganidir.

'Robot charchamaydi va bunday zerikarli ishda mutlaq sabr-toqat bilan uzluksiz ishlashi mumkin', deydi ixtirochilar.

Tadqiqotchilar ushbu 'oʻzga sayyoralik'ni koʻp qirrali robotga aylantirish ustida ish olib bormoqdalar. Olimlar kelajakda bunday texnologik yutuqlarni qishloq xoʻjaligida begona oʻtlarni tozalash, savdo doʻkonlarida muddati oʻtgan mahsulotlarni aniqlashda ham foydalanishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, sunʼiy intellekt yuzingizga qarab kasalliklaringizni aytib berishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
17
0
xs.uz

Livan janubidagi minglab odamlar Isroilning kuchli bombardimonidan qochmoqda

Isroil armiyasi 800 ga yaqin nishonga zarba berganini eʼlon qilib, 'Hizbulloh' qurollari obyektlarini taʼqib qilayotganini maʼlum qildi.Dushanba kuni Isroil Livanning janubiy va sharqiy qismiga yuzlab havo hujumlarini uyushtirish oqibatida 500 ga yaqin kishi halok boʻldi. Isroil harbiylari aholini 'Hizbulloh' qurol saqlayotganini daʼvo qilgan joylarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirdi.Minglab odamlar Livan janubidan qochib, Bayrutga olib boradigan asosiy magistralni toʻsib qoʻyis

09 Oct 12:36
 
12
0
postda.uz

Бугун 21 сентябрь – Халқаро тинчлик куни

Кун тарихиБМТ Бош Ассамблеясининг 2001 йил 7 сентябрдаги тегишли резолюциясига кўра, 21 сентябрь – Халқаро тинчлик куни деб эълон қилинган. Ушбу сана ҳар йили жаҳон миқёсида кенг нишонлаб келинмоқда.Шу куни дунёдаги барча халқлар ва давлатларга ўт очиш ва зўравонликни тў

03 Sep 21:35
 
35
0
xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar

26 Aug 12:29
 
46
0
xs.uz

Immunitetni infeksiyalarga qarshi qanday mustahkamlash kerak?

Immunitet ' inson organizmini zararli infeksiya va kasalliklardan himoya qiluvchi tizim. Shu bois uning mustahkam boʻlishi, virus va bakteriyalarga qarshi samarali kurashishi uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish lozim.1. Mukammal va muvozanatli ovqatlanish.Immunitet tizimining samarali ishlashi uchun turli vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish zarur. Xususan, C vitamini (sitrus mevalar, qizil va yashil bulgʻori qalampiri, qovun, brokkoli), D vitamini ( sut mahsulotl