calendar 26 Jul 10:20
eye 42
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oqlanmagan ishonch yoxud erishilgan yutuqlarga mahliyo boʻlishning davri oʻtdi

image
Mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan har bir fuqaro, oilaning oʻy va tashvishidan xabardor boʻlish, yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarning yechimini topish, odamlarning erta yoki yaqin istiqbolda emas, aynan shu kundan eʼtiboran hayotdan rozi yashashini taʼminlash siyosati Qizilqum kengliklarida ham oʻz samaralarini bera boshlaganiga ancha boʻldi.

Chunonchi, Prezidentimizning 2017-yil 25-apreldagi 'Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlari aholisi turmush darajasini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori Qizilqum kengliklaridagi Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarida uzoq yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarni samarali hal etish, mazkur hududlarni rivojlantirishdagi nomutanosibliklarga barham berish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini taraqqiy ettirish, aholining farovonligini oshirish, zamon talablariga munosib turmush sharoitlarini yaratish, bandligini taʼminlashdek majmuaviy tadbirlarni qamrab olgan.

Shu asosda amalga oshirilgan ezgu ishlar samarasini Uchquduqda ham ilgʻamaslikning iloji yoʻq. Koʻchalar kengaytirilib, obodonlashtirildi. Yangi-yangi imoratlar, ishlab chiqarish obyektlari, dam olish maskanlari, savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalari, yoshlar kamoloti yoʻlida turli markazlar, soʻlim goʻshalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Hatto Uchquduq shahar boʻlib, qariyb oltmish yildan buyon qurilishi choʻzilib kelayotgan istirohat bogʻi va sunʼiy koʻl bunyod etilib, bir necha avlod orzusi roʻyobga chiqdi.

Olis ovullarda 'Obod mahalla' dasturi asosida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, uning doirasida tumanning Qulquduq, Mingbuloq, Uzunquduq, Shalxar, Yoʻlchilar, Koʻkayaz, Buzaubay ovullarida aholining uy-joylari toʻliq taʼmirlandi. Ushbu ovullarda maktab, bogʻcha va qishloq-vrachlik punkti, mahalla guzari, sport maydoni, bolalar oʻyingohi va hammomlar tiklanib, mavjudlari zamon talabiga moslashtirildi. Shuningdek, ichki yoʻllar taʼmirlanib, yangi ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Aholining gaz taʼminotidagi ehtiyojlari toʻliq oʻrganilib, qoʻshimcha gaz ballon hamda gaz plitalari tarqatildi. Elektr energiyasi taʼminotida tarmoqlar, transformatorlar taʼmirlandi, yangilandi va qoʻshimcha quvvatlar ishga tushirildi.

Tabiiyki, bu yangilanishlar odamlar shuurida ham oʻzgarishlar yasab, elga el qoʻshilmoqda. Uzoq yillar qarovsiz yotgan hududlar koʻzni quvontiradigan maskanga aylanganini uchquduqliklarning oʻzlari mamnuniyat bilan taʼkidlashib, ularning barchasi mamlakatimiz rahbarining eʼtibori, davlat va hududiy hamda tarmoq dasturlari samarasi ekanini alohida eʼtirof etmoqda.

Albatta, bugunni kecha bilan solishtirib, erishilgan marralarga mahliyo boʻlib oʻtiradigan davrlar oʻtdi. Bugunning talabi, yuksalish shiddatining mezonlari mutlaqo boshqacha. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali tashqi bozor geografiyasini kengaytirish, pirovard natijada aholi farovonligini yanada oshirish, ertangi kunga ishonchini mustahkamlash, kambagʻallikni bartaraf etish va boshqa qator omillar yangilanishlarning maʼno-mazmunini belgilaydi.

Shuningdek, bugungi kunda Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon nomini olgan tajribalar oʻzini oqlab, ular eng quyi boʻgʻinlarda aholining farovonligi oshishiga xizmat qilmoqda. Birgina misol: Sayxunobod tajribasi, yaʼni iqtisodiy kompleks tashkilotlarining mahallaga tushib, 'xonadonbay' ishlash tizimi asosida har bir mahalladagi xonadonlar uchun moliyaviy paket qilib berilishi viloyatda jami 3261 ta oilaviy korxona faoliyatiga asos boʻlmoqda. Uchquduq tumani esa bunda bor-yoʻgʻi 36 ta ulushga ega. Vaholanki, undan aholisi uch baravar kam Tomdi tumanida ham oilaviy korxonalar soni 35 tani tashkil etadi. Bunday misollarni yana keltirish mumkin.

Xususan, 2023 va 2024-yillar 1-iyul holatida tumanda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyatiga nazar solsak, faoliyat yuritayotganlar (2023-yilda 915, 2024-yilda 807) 108 taga kamayib, ishini toʻxtatganlar (292/315) 23 taga oshganini kuzatish mumkin. Shuningdek, 2023-yilning birinchi yarim yilligida tuman boʻyicha 170 ta yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich qariyb uch baravar kamayib, bor-yoʻQi 60 tani tashkil etadi.

Holbuki, 21,3 ming mehnatga layoqatli aholiga ega tumanda ishsizlik darajasi 6,6 foiz, yaʼni 1,4 mingni tashkil etadi. Muammoga jiddiyroq eʼtibor qaratilsa, uni nol darajagacha bartaraf qilishning qator imkoniyatlari mavjud. Raqamlarni boʻlsak, viloyatdagi ishsizlarning oʻn foizi Uchquduq tumani hissasiga toʻgʻri kelib, yil boshidan buyon viloyat boʻyicha 33 foiz ishsizlar bandligi taʼminlangani holda, bu koʻrsatkich hududda eng past ' 13 foizni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli aholining qariyb yarmidan koʻpi (11 ming atrofida) 'NKMK' AJ va 'Navoiy uran' DK kabi sanoat korxonalarining hududiy tuzilmalarida bandligi taʼminlangani hamda ijtimoiy soha tashkilotlarida ishlashini inobatga oladigan boʻlsak, tumanda bandlik masalalari oʻz holiga tashlab qoʻyilganmi, degan fikr uygʻonadi.

Aholi roziligini ifoda etuvchi yana bir masala tibbiy xizmat sifati bilan bogʻliq. Bu borada mamlakatimiz Prezidentining birlamchi tibbiy sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam hamda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yanada takomillashtirishga qaratilgan qarorlari hamda 'Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi asosida tumanda tibbiyot muassasalarining moddiy texnik bazasi yaxshilandi, zamonaviy texnologiyalar, tez tibbiy yordam koʻrsatishda reanomobil va yoʻltanlamas avtomashinalar keltirildi. Laboratoriya va tashxislash uskunalari yangilandi. Murakkab jarrohlik operatsiyalarini oʻtkazish oʻzlashtirilmoqda. Biroq tahlillar oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi, bolalar oʻrtasida birlamchi nogironlikka chiqish, yuqumli gepatit, oʻsma kasalliklar bilan kasallanish, narkologik, ruhiy xastaliklar, oʻpka sili kasalliklari bilan ogʻrish muayyan raqamlardan tortib, bir necha baravargacha koʻpayganini koʻrsatadi. Tabiiyki, ushbu koʻrsatkichlar depsinishgina emas, orqaga ketishni ifoda etib, aholi kayfiyati va turmushi farovonligi, ertangi kunga ishonchi mustahkamligiga ham salbiy taʼsir qilishi muqarrar.

Tumanda tabiiy boyliklardan foydalanish ham oʻz holiga, toʻgʻrirogʻi 'NKMK' AJ va 'Navoiy uran' DK kabi sanoat korxonalarining zimmasiga tashlab qoʻyilgan. Tashabbuskorlik va masʼuliyatni zimmaga olish yetishmaydi. Misol uchun, hudud tuz konlariga ega boʻlgani holda birorta ham uni qayta ishlash, yod bilan boyitib, qadoqlash korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan. Vaholanki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati kabi qoʻshni hududlar ushbu konlar xomashyosidan foydalangan holda ishlab chiqarishni tashkil etib, hatto mahsulot eksportini yoʻlga qoʻygani haqida faktlar talaygina.

Yana bir jihat tumanning chorvachilik uchun qulayligi bilan bogʻliq. Mazkur masalada mamlakatimiz Prezidenti 2021-yili Uchquduqda 4 ming boshga moʻljallangan yilqichilik kompleksini qurish boʻyicha topshiriq bergan edi. Mazkur topshiriq asosida 2022 ' 2026-yillarga moʻljallangan grafik reja ishlab chiqilgan. Ushbu rejaga asosan, 2022-yilda 400 bosh, 2026-yilga borib 800 boshga moʻljallangan yilqichilik loyihalarini ishlab chiqish, 41 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Mazkur topshiriq ijrosi xususida soʻraganimizda tuman hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi Sirojiddin Abriyev 2022-yilning rangi oʻchib ketgan grafigini taqdim eta oldi, xolos.

Tumanda Yoshlar va kichik sanoat zonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ham iliq fikrlar aytish mushkul. Shu kabi oʻrganishlar tahliliga koʻra Prezidentimiz raisligida joriy yilning 17-iyul kuni boʻlib oʻtgan iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida bir qator tuman va shaharlar qatori Uchquduqda ham tuman hokimi faoliyatidagi tizimli kamchiliklarga baho berildi.

' Men shu yil 84 yoshga kirdim, ' deydi mehnat faxriysi Abdulla Kerimboyev. ' Bir oqsoqol sifatida Yurtboshimiz eʼtibori va gʻamxoʻrligi tufayli olis hududlarda, jumladan, bizning Uchquduqda amalga oshirilgan oʻzgarishlardan xalqimiz mingdan-ming rozi ekanligini aytmoqchiman. Biroq yuqoridan kelgan topshiriqlarni qoʻl uchida bajarish bilan xalqning farovonligini taʼminlab boʻlmaydi. Buning uchun tinimsiz izlanish kerak. Izlangan odamga Uchquduqda imkoniyat koʻp. Qanchadan-qancha qazilma boyliklarimiz bor. Ularni qayta ishlaydigan korxonalar ochilsa, olis ovullarda yangi ish oʻrni paydo boʻladi, mahsulotlar eksportga chiqariladi. Bizning hududimizda bir imorat quriladigan boʻlsa, gʻishtdan tortib tuprogʻigacha chetdan keltiriladi. Albatta, bu aholining turmush darajasiga taʼsir etadi. Shuning uchun olis ovullardagi yoshlar markazga ' Shimoliy kon boshqarmasiga ishga kirishga koʻproq intilyapti. Bu kabi oʻziboʻlarchiliklar xalqimizning eʼtiroziga sabab boʻlmoqda. Tabiiyki, bunday loqaydlik va beparvolik mahalliy hokimiyatga nisbatan odamlar ishonchini yoʻqotadi.

Chindanam, Uchquduqning olis hududlarida odamlarning farovonligini oshirish, ogʻirini yengil qilish uchun tashabbuskorlik, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish uchun jonkuyarlik yetishmayapti. Agar hudud salohiyatidan kelib chiqib, aniq rejalar asosida ish tashkil etilganda edi, tuman iqtisodiyoti barqarorligi taʼminlanib, mahallalar obod, aholi turmushi farovon, xalqning yurt ertasiga va istiqboliga ishonchi yanada oshardi. Zero, mamlakatimizda oʻtkazilayotgan izchil islohotlardan koʻzlangan maqsad ham shunga qaratilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
37
0
xs.uz

Germaniyaning birinchi raqamli siyosiy arbobi Oʻzbekistonga keladi

Germaniya kansleri Olaf Shols 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt maʼlum qildi.Qayd etish kerakki, Olaf Shols hukumatga kelgandan beri hali Markaziy Osiyoga tashrif buyurmagandi. Nemis hukumati tomoni kanstlerga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 'katta biznes delegatsiyasi' hamrohlik qilishini ham bildirgan.Maʼlum boʻl

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq

24 Aug 17:26
 
25
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi oʻtov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Turizm qoʻmitasi xabariga koʻra, 'Oq qush' majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (oʻtov) Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur oʻtovning diametri 40,5 metrdan iborat.22-avgust kuni ushbu majmuada Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.Tadbirda prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rah

08 Sep 16:44
 
28
0
xs.uz

Kaxa Imnadze: Markaziy Osiyo – mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida doʻstona va oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnatishda dunyoning boshqa mintaqalari uchun namuna boʻlmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Yangi Oʻzbekiston va Yangi Markaziy Osiyoning uygʻonish davri haqidaBugun Markaziy Osiyo mintaqasi sheriklik va oʻzaro manfaatli hamkorlikning keng hududiga aylanib bormoqda. Mintaqa davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari taraqqiyot va farovonlik yoʻlidagi tashabbuslarni birlashtiri