calendar 08 Sep 16:44
eye 8
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kaxa Imnadze: Markaziy Osiyo – mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida doʻstona va oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnatishda dunyoning boshqa mintaqalari uchun namuna boʻlmoqda

image
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Yangi Oʻzbekiston va Yangi Markaziy Osiyoning uygʻonish davri haqida

Bugun Markaziy Osiyo mintaqasi sheriklik va oʻzaro manfaatli hamkorlikning keng hududiga aylanib bormoqda. Mintaqa davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari taraqqiyot va farovonlik yoʻlidagi tashabbuslarni birlashtirishga xizmat qildi.

'Dunyo' axborot agentligi BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan mintaqaning geosiyosiy ahamiyati va unda sodir boʻlayotgan jarayonlar haqida suhbatlashdi.

' Janob Imnadze, Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, Oʻzbekistonning oʻzaro hamkorlik faollashuvi va davom etayotgan integratsiya jarayonlarini hisobga olgan holda bugungi rivojlanishini qanday baholaysiz?

' Avvalo, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari, xususan, 'Dunyo' axborot agentligiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti, jumladan, men rahbarlik qilayotgan BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi faoliyatiga qiziqish bildirganingiz uchun oʻz minnatdorligimni bildiraman.

Markaz 2007-yil dekabr oyida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston hukumatlari tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va Markaziy Osiyoda ziddiyatlarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan. Markazning asosiy maqsadi oʻzaro tushunish va hamkorlikni mustahkamlash uchun neytral platforma yaratish orqali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mojarolarning kuchayishiga yoʻl qoʻymaslik va mintaqa davlatlari oʻrtasida muloqotni rivojlantirishdan iborat. Shu nuqtayi nazardan, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi va Markaziy Osiyo davlatlarining tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan qoʻshma tashabbuslari toʻgʻrisida jamoatchilik xabardorligini oshirishda ommaviy axborot vositalarining muhim rolini alohida taʼkidlashni istar edim.

Savolingizga javob sifatida shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyo mintaqa xalqlari oʻrtasida doʻstona va oʻzaro manfaatli munosabatlarni oʻrnatishda boshqa mintaqalar uchun namuna boʻlib xizmat qilmoqda. Beshta davlatning mintaqaviy hamkorligi va hamjihatligining bugungi tendensiyalari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uzoqni koʻzlab amalga oshirayotgan islohotlari va oʻzaro ishonchning yorqin namunasidir.

BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili va BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari sifatida ushbu ijobiy jadal va oʻsib borayotgan ishonch darajasini olqishlayman. Bu esa natijada mintaqaviy hamjihatlik va integratsiyani, jumladan, zarur hollarda tarkibiy sohada ham kengayishiga olib keladi, deb umid qilaman.

Oʻzbekiston mintaqadagi eng koʻp aholiga, katta tabiiy resurslarga va barcha qoʻshni davlatlar bilan umumiy chegaraga ega davlat sifatida Markaziy Osiyoda muhim rol oʻynaydi. 2017-yildan buyon Oʻzbekistonning BMT Nizomi, xalqaro huquq tamoyillariga sodiqlik, shuningdek, tinchlik, yaxshi qoʻshnichilik va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga intilishga asoslangan yangi tashqi siyosat yoʻnalishi xalqaro munosabatlarni shakllantirish va Markaziy Osiyoda oʻzaro ishonch va hamkorlik muhitini rivojlantirishga sezilarli hissa qoʻshmoqda. Bu borada Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam Maslahat uchrashuvlari hamda Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash, barqaror rivojlanishga erishish uchun shart-sharoit yaratish kabi tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etib, ijobiy natijalar berayotgani quvonarli.

BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi mintaqadagi ijobiy tendensiyalarni olqishlaydi va suv-energetika resurslaridan foydalanish, BMTning Global terrorizmga qarshi kurash strategiyasi, yoshlar masalalari boʻyicha muloqotni rivojlantirish va 'Ayollar, tinchlik va xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash' dasturi kun tartibini amalga oshirish kabi muhim sohalarda mintaqaviy masalalarni hal qilishning oʻzaro maqbul va uzoq muddatli mexanizmlarini ishlab chiqish orqali ushbu jarayonlarni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.

BMT Bosh kotibi joriy yilning iyul oyida Markaziy Osiyoga tashrifi chogʻida umumiy masalalarga jamoaviy yechim topishda mintaqaviy hamkorlik muhimligini alohida taʼkidladi. Mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlardagi ijobiy oʻzgarishlar va ishonch darajasi oshib borayotgani mintaqaviy integratsiyani yanada chuqurlashtirish uchun qulay shart-sharoit yaratayotganini qayd etdi.

Ushbu tashrif Markaziy Osiyoning zamonaviy geosiyosiy landshaftdagi strategik ahamiyatini koʻrsatadi. Mushtarak tarixiy, madaniy va oʻzaro til merosiga ega mamlakatlarni birlashtirgan mintaqa suv tanqisligi, yerlar degradatsiyasi, tabiiy ofatlar, xavfsizlik va bogʻliqlik muammolariga duch kelmoqda. Bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va ushbu masalalarni hal etishda birgalikda harakat qilish muhim ahamiyatga ega. Yana bir bor takrorlayman, bu kabi masalalarga faqat ishonch, muloqot va hamkorlik orqali erishish mumkin.

' Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida Oʻzbekistonning BMT bilan oʻzaro hamkorligi haqidagi fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz?

' Maʼlumki, Oʻzbekiston BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi shafeligida Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirish boʻyicha Oliy darajadagi siyosiy forumda ikki marta, 2020 va 2023-yillarda Ixtiyoriy milliy hisobotini taqdim etgan edi. Shu nuqtayi nazardan, yangilangan Konstitutsiya qoidalari va BRMga asoslangan 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini olqishlayman. Strategiyada inson huquqlari, gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish, 'yashil' rivojlanish, korrupsiyaga qarshi kurash hamda qonun ustuvorligiga alohida ahamiyat berilgan. Unda Oʻzbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik 'belbogʻi'ni yaratish, transchegaraviy suv resurslaridan samarali foydalanish masalalarini yanada tinch yoʻl bilan hal etish, shuningdek, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mintaqaviy darajada Oʻzbekiston BMT Mintaqaviy markazi faoliyatini faol qoʻllab-quvvatlab, profilaktik diplomatiya muhimligini va Markaziy Osiyodagi umumiy masalalarni hal qilish uchun hamkorlikni kuchaytirish zarurligini tan oladi. Oʻzbekiston BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi tomonidan taklif etilayotgan tashabbuslar va muloqot platformalari ishiga salmoqli hissa qoʻshmoqda. Mintaqa davlatlari oʻrtasida xavfsizlik muammolariga samarali javob berish, iqlim oʻzgarishiga moslashish va ekologik vaziyatni yaxshilash uchun oʻzaro maqbul yechimlarni izlash, shuningdek, mintaqa davlatlarining Afgʻoniston boʻyicha yondashuvlarini muvofiqlashtirishda faollik koʻrsatmoqda. Joriy yilning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi shafeligida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlarining navbatdagi yillik yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston, shuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi doirasida bir qator muhim tadbirlarni tashkil etdi. 2022-yil mart oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada qabul qilingan BMTning Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi global strategiyasini amalga oshirish boʻyicha yangilangan Qoʻshma harakatlar rejasini roʻyobga chiqarish doirasida mutaxassislar, davlat idoralari vakillari, fuqarolik jamiyati, ayollar va yoshlar uchun maslahatlashuvlar hamda oʻquv seminarlari oʻtkazildi. Shu nuqtayi nazardan, 2024-yil 14-may kuni Oʻzbekistonda Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish boʻyicha mintaqaviy ekspertlar kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston 'Ayollar, tinchlik va xavfsizlik' kun tartibini ilgari surish hamda davlat boshqaruvida ayollarning rolini kuchaytirishga qaratilgan yetakchi xotin-qizlarni birlashtirgan noyob mintaqaviy platforma ' Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqotini yaratish va rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Ushbu platformaning birinchi raisi sifatida Oʻzbekiston uning barcha darajadagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning samarali vositasi ekanligini namoyon etdi.

Biz Oʻzbekistonning profilaktik diplomatiya vositalarini ilgari surish va qoʻllashda koʻrsatayotgan yordamini yuksak qadrlaymiz. Shuningdek, Oʻzbekiston BMT Bosh Assambleyasining 2017, 2021 va 2023-yillarda qabul qilingan 'Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha BMT mintaqaviy markazining roli' rezolyutsiyasini izchil qoʻllab-quvvatlayotganini alohida taʼkidlamoqchiman.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari Bosh Assambleyaning 78-sessiyasida BMT Bosh kotibining Kelajak sammitini oʻtkazish tashabbusini alohida qoʻllab-quvvatladi. Bu koʻpchilikning fikricha, global va mintaqaviy muammolarni hal etishda, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli va samaradorligini kuchaytirish koʻp tomonlama sheriklik uchun yangi asos yaratishga xizmat qilishi kerak. Oʻzbekiston BMT islohotlarini qoʻllab-quvvatlash tarafdoridir.

' Yaqin kelajakda BMT mintaqada qanday yangi dastur va loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda? Muvaffaqiyatli loyihalar haqidagi maʼlumotlar ham biz uchun muhim.

' BMTning Mintaqaviy markazi oʻzining preventiv vakolati doirasida mintaqaning barcha davlatlari bilan asosiy yoʻnalishlar boʻyicha faol hamkorlik qilib kelmoqda. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish, muzliklarning erishi oqibatlari, gender tengligi, shuningdek, preventiv diplomatiyada yoshlar va ayollarning rolini kuchaytirish shular jumlasidandir. Markaziy Osiyoga oʻz taʼsirini koʻrsatayotgan qoʻshni Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bizning markaz mintaqa davlatlari bilan hamkorlikda 2022-2025-yillarga moʻljallangan suv-energetika, atrof-muhit va iqlim sohalarida Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Strategiyani amalga oshirmoqda. Strategiya suv muammolari boʻyicha umumiy yechimlarni ishlab chiqish va Orol dengizi havzasida suv resurslarini boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlarini yaratish uchun koʻp tomonlama ekspert platformasini taqdim etadi.

Markaz, shuningdek, nizolarning oldini olish va hal qilish bilan shugʻullanuvchi milliy va mintaqaviy institutlarning salohiyatini oshirishga yordam beradi. Ushbu qoʻllab-quvvatlash mahalliy tinchlik va barqarorlik mexanizmlari samaradorligini oshirish uchun oʻqitish, texnik yordam va ilgʻor tajriba almashishni oʻz ichiga oladi. Markaz mintaqadagi potensial mojaro manbalarini tadqiq qilish va tahlil qilish bilan shugʻullanadi, bu erta belgilarni aniqlash va xavflarni kamaytirish uchun faol choralar koʻrishga yordam beradi.

Bundan tashqari, Markaz turli darajadagi va manfaatdor tomonlar, jumladan, yetakchi ayollar va yoshlar ishtirokida muloqot hamda preventiv diplomatiya imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib boradi. Masalan, Markaz 'Ayollar, tinchlik va xavfsizlik', 'Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik' kun tartibi doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish tashabbuslarini amalga oshiradi, mintaqaviy ayollar platformasi ' Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqoti va Markaziy Osiyo hamda Afgʻoniston yoshlari uchun Preventiv diplomatiya akademiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Markaz, shuningdek, mintaqaning barcha beshta davlatida BMT jamoalari bilan yaqin hamkorlik qilib, mintaqada va undan tashqarida barqaror rivojlanish va barqaror tinchlik oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlaydi. BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi fuqarolik jamiyati institutlari, tahlil markazlari va xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar bilan tengsizlik va atrof-muhit degradatsiyasi muammolarini hal qiluvchi tashabbuslarni ilgari surish, yanada barqaror va farovon mintaqani yaratishga yordam berish uchun hamkorlik qiladi.

Xulosa oʻrnida shuni aytishni istardimki, Oʻzbekiston oʻttiz ikki yildan ortiq vaqt davomida Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻlaqonli aʼzosi sifatida global va mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik kun tartibida ishonchli hamkor boʻlib kelmoqda. Hozirgi murakkab xalqaro muhit va global raqobat kuchayib borayotganiga qaramay, mamlakat BMTning barcha yoʻnalishdagi muhim tashabbuslarini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi va BMT asosiy tamoyillarini hurmat qilgan holda umumiy til topish va kelishmovchiliklarni muloqot hamda tinch yoʻl bilan hal qilish uchun qoʻshnilari va mintaqaviy sheriklari bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Fursatdan foydalanib, xalqingizga mustahkam sogʻliq va farovonlik, mamlakat rahbariyatiga esa keng koʻlamli islohotlar doirasida barcha rejalashtirilgan maqsadlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga tilakdoshman. Yangi Markaziy Osiyoning qayta tugʻilishi davrida Yangi Oʻzbekiston va uning qoʻshnilariga mintaqaviy integratsiya yoʻlida ilhom va bitmas-tuganmas kuch-gʻayrat tilayman.

BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi oʻzining mandati va preventiv diplomatiya vositalariga tayangan holda, mintaqada tinchlik va xavfsizlik hamda barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun xolis platforma yaratib, ushbu saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga doimo tayyor.

'Dunyo' AA


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 11:23
 
54
0
xs.uz

Sirdaryoda sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani doʻkon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.Maʼlum qilinishicha, 20-iyul kuni bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tugʻilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonda xarid qilganda QR kodli chek soʻragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bil

22 Jul 16:55
 
58
0
xs.uz

Soliq toʻlovchilarga qaytarilgan QQS summasi 10 trillion soʻmdan oshdi – Fiskal tahlillar

Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida jam 4 ming 641 ta ariza boʻyicha 2 ming 798 ta tashkilotga 10 trillion 693,8 million soʻm QQS qaytarilgan.Eng koʻp qaytarilgan QQS sohalar kesimida quyidagicha ketma-ketlikda joylashgan:1. Ishlab chiqarish (5 trillion 191,3 milliard soʻm);2. Xizmat koʻrsatish (1 trillion 351,1 milliard soʻm);3. Savdo (614,8 milliard soʻm).'Fiskal tahlillar' portaliga koʻra, qoplab berilgan QQS summasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,3% oʻsg

26 Jul 10:20
 
48
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsati

26 Jul 11:19
 
60
0
xs.uz

Ijtimoiy koʻmakning muqobil koʻrinishi

' Mazkur dastur asosida mahallamizda oʻndan ortiq ijtimoiy koʻmakka muhtoj xonadonlarga zamonaviy quyosh panellari oʻrnatib berildi, ' deydi mahalla fuqarolar yigʻini raisi vazifasini bajaruvchi Jamoliddin Boyxonov. ' Ular asosan boquvchisini yoʻqotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlari hisoblanadi.Taʼkidlash joiz, Kumushkon mahallasining tabiiy gaz taʼminotida ogʻir hududlardan sanalishini inobatga olsak, elektr energiyasi taʼminotidagi muqobil variant mazkur xonadonlarnin