calendar 20 Mar 12:54
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

Doʻstlik, ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

2024-yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi. Sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida oʻzaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda va kooperatsiya chuqurlashmoqda. Birgalikda 'Shovot - Toshovuz' chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda, faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasida tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy sheriklik, muhim forum va anjumanlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish masalalariga alohida toʻxtaldilar.

Samarqand shahrida 'Markaziy Osiyo plyus' formatida oʻtkaziladigan sammitlar hamda Toshkent shahrida mintaqa davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibi yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari joriy yil dekabr oyida Ashxobod shahrida Turkmaniston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan Xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasida oʻtkaziladigan forum va boshqa xalqaro tadbirlar muhim ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
285
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel

17 May 21:46
 
279
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika

17 May 21:46
 
282
0
xs.uz

Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani