calendar 26 Jul 10:19
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukrainaliklarning 32 foizi Rossiyaga yerlarni berishga rozi bo‘ldi – so‘rovnoma 

image

Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan 16-22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududda 1067 kishi ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan ukrainaliklarning deyarli uchdan bir qismi urushni tezda tugatish uchun Rossiyaga nisbatan ba’zi hududiy imtiyozlarni qabul qilgan. Taqqoslansa, bu 2023 yilga nisbatan uch baravar ko‘pdir, ammo Ukrianada katta ko‘pchilik hanuzgacha har qanday yerdan voz kechishga qarshi. Aniqrog‘i, ukrainaliklarning 55 foizi har qanday hududiy yon berishga qarshi.

Shuningdek, yana 13 foiz respondent Rossiya uchun og‘ir bo‘lgan talablarni ilgari surgan. Ushbu 13 foiz so‘rovnoma qatnashchisi Moskvadan o‘z qo‘shinini olib chiqib ketish, Qrimni ham qaytarish va reparatsiya to‘lashni talab qilgan.

Hududiy imtiyozlar deganda, asosan, 2022 yilda xalqaro hamjamiyat fikriga zid ravishda Rossiya tarkibiga kiritilgan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari nazarda tutilgan.

So‘rovnoma hisobotida Rossiya Ukraina hududining qariyb 18 foizini, shu jumladan 2014 yilda bosib olgan Qrim yarimorolini ham egallab turgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urushning eng og‘ir bosqichi yil oxirigacha tugashi mumkinligini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
53
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,

19 Jul 22:18
 
99
0
qalampir.uz

Afg‘onistondan terrorizmning tarqalish ehtimoli oshdi – KXSHT 

Hozirda Afg‘onistondan terrorizm va jinoiy giyohvand moddalar savdosining yanada tarqalishi ehtimoli nafaqat kamaymadi, balki yangi shakllarga ham ega bo‘ldi. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi. “Afg‘oniston Markaziy Osiyo mintaqasidagi beqarorlikning asosiy manbai bo‘lib qolmoqda. Bu mamlakatda barchaga ma’lum bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, terrorizm

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Netanyahu AQShda va Isroil qilmishlari (+video)

Isroilning Xon Yunisdagi qilmishlariXon Yunis oxirgi kunlarda qonga botirilmoqda. Isroil askarlari aholini hududni tark etishga chaqirganidan koʻp oʻtmay oʻqqa tutgan. Odamlar oziq-ovqat va suvsiz qolmoqda. Ularni evakuatsiya qiladigan hech kim yoʻq. Xon Yunisda faqat bitta Nosir shifoxonasi ishlayapti. Hududning tez tibbiy yordam xodimlari yetib bora olmaydigan joylari ham bor.Hududdan bir kunning oʻzida 150 mingdan ortiq odam qochishga majbur boʻlgan. Soʻnggi kunlardagi zarbalardan toʻ

27 Jul 19:10
 
84
0
qalampir.uz

AQSH 2025 yilda Markaziy Osiyoga yordamni 10 foizga qisqartirishi mumkin 

Qo‘shma Shtatlar mintaqa bilan aloqalarni rivojlantirish niyatini e’lon qilganiga qaramay, 2025 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam mablag‘larini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Buni Davlat departamenti tarkibiga kiruvchi Xalqaro hamkorlik agentligi (USAID)  rahbarining Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur ham tasdiqladi. Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasida tinglash uchun tayyorlangan bayonot matniga ko‘ra, AQSH ma’muriyatining 2025 mol