calendar 26 Jul 10:19
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

image

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, huquqbuzarlar chegarachilarning to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talablariga e’tibor bermay, chegarachilarga qarshilik ko‘rsatib, qochib ketishgan.

Shuningdek, Qurolli to‘qnashuv natijasida chegara qo‘shinining ikki nafar xodimi yengil tan jarohati oldi, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Otishma oqibatida qoidabuzarlardan biri ham tan jarohati olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
110
0
xs.uz

Turkiya Qora dengizning strategik urush maydoniga aylanishiga yoʻl qoʻymaydi

Turkiya Qora dengizning harbiy amaliyotlar maydoniga aylanishiga ruxsat bermaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Yashar Gyuler 'Politico' gazetasiga bergan intervyusida vaʼda berdi.'Biz Qora dengizning strategik urush maydoniga aylanishiga yoʻl qoʻymaymiz', dedi siyosatchi.Uning qoʻshimcha qilishicha, Turkiya hozirda Rossiya va Ukrainani yuqori darajadagi muzokaralarda birlashtirishga muvaffaq boʻlgan yagona davlatdir.Gyuler, shuningdek, Turkiya Ukrainadagi mojaroda muvozanatli pozitsiyan

15 Jul 12:02
 
43
0
qalampir.uz

Tojikiston respublikada Xitoy harbiy baza qurayotganini rad etdi

Xitoyning Tojikiston hududida harbiy bazasi yo‘q, bu masala ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibida emas. Bu haqda Tojikiston  Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. “Xitoyning Tojikiston hududida harbiy baza qurgani haqidagi ba’zi ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga kelsak, ular asossiz ekanligini ma’lum qilmoqchimiz. Bu masala Tojikiston-Xitoy muzokaralari kun tartibida bo‘lmagan va yo‘q”, deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq &l

15 Jul 12:02
 
61
0
qalampir.uz

2080 yilga borib dunyo aholisi 10,3 milliardga yetadi – BMT

Kelgusi 60 yil ichida dunyo aholisi o‘sishda davom yetib, 2080 yillarning o‘rtalariga kelib 10,3 milliardga yetadi. Bu haqda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti hisobotida so‘z boradi. “Dunyo aholisi yana 50-60 yil davomida o‘sishda davom etishi kutilmoqda va 2080 yillar o‘rtalarida 2024 yildagi 8,2 milliarddan 10,3 milliardga yetadi. Eng yuqori cho‘qqiga chiqqandan so‘ng u pasayib, asr oxiriga borib sekin-asta 10,2 milliard kishiga

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi 

Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.  Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavf