calendar 26 Jul 10:19
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi 

image

Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi. 

Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavfsizlik xizmati Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi bilan birgalikda vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.

Shimoliy Koreya rasmiylari sharlarni uchirish amaliyotini rasmiy Seulning ovoz kuchaytirgich kampaniyasiga, shuningdek, janubiy koreyalik faollar tomonidan Pxenyanga yuborilgan varaqalarga qarshi javob sifatida o‘tkazayotganini bildiradi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 21 iyul kuni ham KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradan chiqindi sharlarini uchirgandi. Rasmiylar aholini yerga qulagan narsalarga tegmaslikka, sharlarni ko‘rganda huquq-tartibot idoralari yoki harbiylarga xabar berishga chaqirgan. May oyi oxiridan beri Pxenyandan 3000 dan ortiq axlat tashuvchi sharlar uchirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga axlat va go‘ng bilan to‘ldirilgan 150 dan ortiq sharni uchirgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Mar 16:12
 
169
0
xs.uz

Bir haftadan soʻng yerliklar “Qonli oy” hodisasiga guvoh boʻlishadi

2025-yilning 13-14-mart kunlari toʻliq Oy tutilishi holati kuzatiladi. Oyning toʻliq tutilishi yerliklar uchun 'Qonli oy' hodisasiga guvoh boʻlish imkonini beradi, deb xabar bermoqda 'Live Science' nashri.Xabarda aytilishicha, joriy yilning 13-14-mart kunlari Yerda toʻliq Oy tutilishi kuzatiladi hamda uning yuzasi qizgʻish tusga kiradi. Bu hodisa esa 'Qonli oy' nomi bilan mashhurdir.Maʼlumotlarga koʻra, Oyning toʻliq tutilishi umumiy hisobda olti soat, toʻliq faza boʻyicha esa 65 daqiq

26 Feb 17:06
 
63
0
xs.uz

Ayblanuvchi sud zalida otib ketildi – Shri-Lanka

Shri-Lanka poytaxti Kolombodagi sud zallarining birida advokat qiyofasida kelgan shaxs sudlanayotgan mahbusni otib oʻldirdi, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Unga koʻra, 19-fevral kuni advokat qiyofasidagi qurollangan shaxs sud zali qorovullari hamda bir nafar politsiya xodimi yordamida binoga kirib borgan va kitob orasida yashirilgan toʻpponcha bilan bir qancha qotillikda gumonlanib sudlanayotgan shaxs Sanjiv Kumarani otib oʻldirgan.'Ushbu qotillik bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan jinoiy gu

21 Apr 08:34
 
44
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi

Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom

20 Mar 12:55
 
70
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona