calendar 15 Jul 12:02
eye 61
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

2080 yilga borib dunyo aholisi 10,3 milliardga yetadi – BMT

image

Kelgusi 60 yil ichida dunyo aholisi o‘sishda davom yetib, 2080 yillarning o‘rtalariga kelib 10,3 milliardga yetadi. Bu haqda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti hisobotida so‘z boradi.

“Dunyo aholisi yana 50-60 yil davomida o‘sishda davom etishi kutilmoqda va 2080 yillar o‘rtalarida 2024 yildagi 8,2 milliarddan 10,3 milliardga yetadi. Eng yuqori cho‘qqiga chiqqandan so‘ng u pasayib, asr oxiriga borib sekin-asta 10,2 milliard kishiga tushishi kutilmoqda”, deyiladi tashkilot hisobotida.

Shunday qilib, BMT ekspertlari XXI asrda cho‘qqiga chiqish ehtimoli atigi 30 foizni tashkil qilishi haqidagi avvalgi prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi, Bundan tashqari, joriy prognozga ko‘ra, 2100 yilda aholi soni avvalgi prognozlarga qaraganda 6 foizga yoki 700 million kishiga kam bo‘ladi. Hisobot mualliflarining tushuntirishicha, prognozga o‘zgartirishlar dunyoning eng yirik davlatlari, xususan, Xitoyda tug‘ilishning pasayishi haqidagi ma’lumotlar tahlili asosida kiritilgan.

Hozirda dunyo aholisining qariyb 28 foizi istiqomat qiluvchi dunyoning 63 mamlakati o‘sish cho‘qqisini bosib o‘tgani kutilmoqda. Bularga Rossiya, Xitoy, Germaniya va Yaponiya kiradi. Shunday qilib, bu mamlakatlarda aholi, ehtimol, kelajakda faqat qisqaradi. Aholi sonining eng katta qisqarishi – keyingi 30 yil ichida 14 foizga – Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Litva, Puerto-Riko va Moldova kabi mamlakatlarda sodir bo‘lishi mumkin.

Hozirda dunyo aholisining 10 foizi istiqomat qiluvchi 48 ta davlatda yaqin yillarda odamlar soni o‘sib boradi va 2025-2054 yillar oralig‘ida eng yuqori cho‘qqiga yetadi. Bu guruhga Braziliya, Eron, Turkiya va Vetnam kabi davlatlar kiradi. 126 ta davlatda aholi soni 2054 yildan keyin ham o‘sishda davom etadi va 2100 yil yoki undan keyin eng yuqori cho‘qqiga chiqmaydi. Bu davlatlar qatoriga Hindiston, Indoneziya, Pokiston va AQSH kiradi.

BMT ekspertlari immigratsiya 2054 yilgacha 52 ta davlatda va 2100 yilgacha 62 ta davlatda aholi sonining o‘sishi omillaridan biri bo‘lishini alohida ta’kidlamoqda. Mutaxassislar aholi soni ko‘payadigan mamlakatlar qatorida, jumladan, boshqa mamlakatlardan kelayotgan oqim tufayli Avstraliya, Kanada va AQSHni nomlashadi.    


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
25
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

15 Jul 12:02
 
38
0
qalampir.uz

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. “Men nimadir noto‘g‘ri ekanligini darhol angladim, chunki shitirlash ovozini, o‘q otishganini eshitdim va darhol o‘q terini kesib o‘tganini his qildim. Ko‘p qon ketdi”, deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Nashrga ko‘ra, Tramp

17 Jul 14:04
 
110
0
qalampir.uz

Bayden saylov poygasidan chiqish shartini aytdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden sog‘lig‘ida muammo bo‘lsa, saylovdan voz kechishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari BET telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. CBS News Amerika Prezidenti bilan BET telekanaliga bergan intervyusidan bir parchani e’lon qildi – intervyu to‘liq shaklda bugun, 17 iyul kuni efirga uzatilishi rejalashtirilgan. CBS telekanalida chop etilgan qisqa parchada Bayden qanday sharoitlarda prezidentlik poygasidan chiqishi haqidagi savolga javob