calendar 17 Jul 14:04
eye 113
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden saylov poygasidan chiqish shartini aytdi

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden sog‘lig‘ida muammo bo‘lsa, saylovdan voz kechishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari BET telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

CBS News Amerika Prezidenti bilan BET telekanaliga bergan intervyusidan bir parchani e’lon qildi – intervyu to‘liq shaklda bugun, 17 iyul kuni efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

CBS telekanalida chop etilgan qisqa parchada Bayden qanday sharoitlarda prezidentlik poygasidan chiqishi haqidagi savolga javob berdi.

“Agar menda qandaydir kasallik bo‘lsa, shifokorlar kelib, sizda falon muammo bor, deb aytishsa, saylovdan voz kechishim mumkin ”, deya ta’kidladi Bayden.

Eslatib o‘tamiz , oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlari poygasidan uni faqat Xudogina chetlata olishini aytgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:48
 
76
0
qalampir.uz

Indoneziya Rossiya neftiga qaytyapti

Indoneziyaning davlat nazorati ostidagi neftni qayta ishlash zavodi Pertamina neft sotib olish uchun tender ro‘yxatiga Rossiya neft navlarini qo‘shdi. Bu haqda uch nafar treyderga tayanib, "Reuters" xabar berdi.  Garchi Indoneziya Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmagan bo‘lsada, Pertamina 2022 yilda Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi boshlanganidan beri orqaga qadam tashlab, ancha vaqt davomida Rossiya neftini sotib olmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pertamina

26 Jul 12:42
 
95
0
qalampir.uz

Tojikistonda go‘sht narxi qimmatladi

Tojikiston aholisining mol va qo‘y go‘shtiga ehtiyoji go‘sht narxining yuqorilashiga sabab bo‘ldi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nigora Anvariy ma’lum qildi. Qayd etilishicha, vazir o‘rinbosari shu xususida matbuot anjumani o‘tkazib, go‘sht narxi mamlakatda qimmatlagani sababini tushuntirgan. “Hozir biz aholini 99,9 foiz go‘sht bilan ta’minlayapmiz, lekin uning narxi tushmayotganining sababi bozor talabining oshishi va xorijdan ozu

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaga yana dron va raketalar bilan hujum qildi

Rossiya qo‘shinlari bugun, 25 iyul kuni Ukrainaga 38 ta Shahed-131/136 jangovar dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Oleshukning yozishicha, 25 ta dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Odessa viloyatining janubidagi va Ukrainaning markaziy hududlaridagi infratuzilma ob’ektlari hujumga uchragan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev, Odessa, Xerson, Nikolayev, S

26 Jul 11:20
 
68
0
qalampir.uz

Isroil G‘azodagi sulh bitimi uchun yangi shartlarni ilgari surmoqda – “Reuters”

Isroil G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va HAMAS bilan garovga olinganlarni qo‘yib yuborish rejasiga o‘zgartirishlar kiritmoqchi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi. Manbalarning aytishicha, iyul oyi boshida Qohirada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Isroil rasmiylari tinch aholi G‘azo sektorining janubidan shimolga ko‘chayotganda tekshiruvdan o‘tishi kerak degan yangi shartni ilgari surgan. “Isroil muzokaralarida ishtirok etayotgan