calendar 26 Jul 10:19
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.

Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan umumiy maqsad – barcha uchun xavfsizlik yo‘lida ko‘priklarni barpo etish va hamjihatlikni mustahkamlashdir.

“Dunyo Parijda sportning kuchini nishonlash, umid olib kelish, madaniyatlar va odamlarni birlashtirish, o‘zaro hurmat va adolatli o‘yinni targ‘ib qilish uchun yig‘ildi. Bularning barchasi BMTning ideallaridir. Siz bizni katta orzular qilishga ilhomlantirasiz. Olimpiya olovi tinchlik va totuvlik yo‘lini yoritsin”, dedi Guterrish sportchilarga. 

Ma’lumot uchun, Olimpiya sulhining an’anasi miloddan avvalgi IX asrga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Yunonistonda Olimpiada o‘yinlari davrida nizolar va urushlar to‘xtatilgan. Yillar o‘tib, boshqa yunon shahar-davlatlari ham Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Dastlab, Olimpiya o‘yinlari paytida urushlarni to‘xtatish maqsadi barcha sportchilarning musobaqa maydoniga etib borishini ta’minlash edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi birinchi marta 1993 yilda Olimpiya sulhi an’anasini qayta tiklashga chaqirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 10:48
 
64
0
qalampir.uz

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi faraziy urush dunyoga 4 trillion dollarga tushadi – “Bloomberg” 

Koreya Respublikasi va KXDR o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushning birinchi yili jahon iqtisodiyotiga 4 trillion dollar zarar keltirishi mumkin, bu jami jahon yalpi ichki mahsulotining 3,9 foizini tashkil qiladi. Gipotetik ssenariyning bunday baholari “Bloomberg” tomonidan taqdim etildi. Qayd etilishicha, Koreya yarimorolida to‘laqonli urush bo‘lishi “juda dargumon”. Biroq agar mojaro yuzaga kelsa, insoniy va iqtisodiy yo‘qotishlar halokatli bo‘ladi. K

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi. Boshqalar-chi?

146 ta davlat ichida oʻtkazilgan jinoyatchilik va xavfsizlik indekslari asosida tuzilgan roʻyxatda Oʻzbekiston 120-oʻrinni egallagan. Jinoyat indeksida 29 ball, xavfsizlik indeksida 71 ball bilan Oʻzbekiston xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy yetakchi sifatida qayd etildi.Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, xususan, Qozogʻiston jinoyat indeksi boʻyicha 45.6 va xavfsizlik boʻyicha 54.4 ball, Qirgʻiziston esa mos ravishda 54.1 va 45.9 ball toʻplagan. Turkmaniston va Tojikiston esa ushbu r

22 Jul 16:55
 
50
0
xs.uz

Isroilning Xon Yunisdagi hujumlari oqibatida 27 kishi halok boʻldi

Isroil kuchlari evakuatsiya qilish haqidagi varaqalarni tashlaganidan koʻp oʻtmay Xon Yunis shahri sharqida havo va artilleriya hujumlarini boshladi. Bu esa odamlarga koʻrsatmalarga amal qilish imkoniyatini bermagan.Suv va elektr manbai boʻlmagan hududda ahvol allaqachon ogʻir edi. Odamlar harbiy amaliyotlardan soʻng oʻz uylariga qaytib ketmoqda. Oxirgi kunlarda Xon Yunisda halok boʻlganlarning soni 17 kishidan 27 nafarga yetdi. Hududdagi Nosir shifoxonasiga jasadlar va yaradorlarning ke

17 Jul 12:05
 
85
0
xs.uz

Oyda yashirin tunnellar aniqlandi. Bu nimadan dalolat beradi?

NASAning 'Lunar Reconnaissance Orbiter' apparati Oy yuzasi ostida yashirin tunnellar mavjudligini aniqladi. Bu haqda 'Nature Astronomy' jurnalida chop etilgan maqolada soʻz boradi.Qayd etish kerakki, Italiyaning Trento universiteti homiyligidagi xalqaro olimlar guruhi 'Mare Tranquillitatis' hududida (Oydagi hudud nomi ' tahr.) uzunligi bir necha kilometrga choʻziladigan tunnellar tarmogʻi borligini kashf etishdi. Bildirilishicha, ular Yerning tabiiy yoʻldoshida lavalar boʻlganligini anglati