calendar 26 Jul 10:21
eye 29
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

image
Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.

'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.

Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarni rad etish va oʻzining prezidentlik vazifalarini bajarishda davom etishi mumkinligini koʻrsatish uchun yaxshigina imkoniyat hisoblanadi.

Nutqining oxirida prezident oʻzining nomzodi haqida gapirar ekan, Xarrisni tajribali, qattiqqoʻl, qobiliyatli va mamlakat uchun kerakli yetakchi ekanligini qoʻshimcha qilgan.

Jo Bayden oʻtgan hafta koronavirusga chalingan edi. U Delaverdagi uyida davolanib, seshanba kuni Oq uyga qaytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 10:38
 
114
0
xs.uz

Jurnalist Gʻarb yetakchilari uchun dahshatli xabar haqida maʼlum qildi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning agar Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonsa darhol Ukraina mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlishi mumkinligi haqidagi bayonoti Gʻarb yetakchilari uchun yomon yangilik hisoblanadi. Bu fikrlarni irlandiyalik jurnalist Chey Bouz aytib oʻtdi.'Ukrainadagi falokatdan ichki muvaffaqiyatsizliklarini chalgʻitish uchun foydalanayotgan Yevropa Ittifoqi va AQSH uchun bu yanada dahshatli yangilik', deydi jurnalist.Orban Tramp bi

22 Jul 08:45
 
76
0
qalampir.uz

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga tayyor - CNN

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z xalqiga murojaat qilar ekan, ikki yildan ko‘proq vaqt oldin rasmiy Moskvaning keng miqyosli hujumlaridan beri birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekaniga shama qildi. Bu haqda SNN yozmoqda. Zelenskiy Moskvaga joriy yilning noyabr oyida o‘tkazishga umid qilayotgan navbatdagi tinchlik sammitiga delegatsiya yuborishni taklif qildi. O‘tgan oy Shveysariyada bo‘lib o‘tgan avvalgi tinchlik konferensiyasiga Rossiya taklif

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

“Kelajakdan gapiramiz”: 2034 yilgi qishki Olimpiada ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endyinlari mezbonligi kutilmagan shaharga berildi

XOQ Parijdagi 142-sessiyasida shunday qaror qabul qilgan. Qayd etish kerakki, ushbu shahar avval ham, 2002-yilda, ushbu nufuzli turnirni qabul qilgan edi. Mezbonlikni qoʻlga kiritish uchun 'Yuta 2034' delegatsiyasiga Yuta gubernatori Spenser Koks, Solt-Leyk-Siti meri Erin Mendenxoll, AQSH Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Jean Sayks boshchilik qilishdi.Maʼmurlar dunyo sportchilarini Yuta shtatida kutib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Gubernator Koks bu turnirning qabul qi

26 Jul 17:30
 
74
0
qalampir.uz

Netanyaxu Kongressdagi nutqidan keyin Mask bilan uchrashdi

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Bu haqda Netanyaxu o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. “Kecha Kongressdagi nutqimdan keyin Vashingtonda Ilon Mask bilan uchrashdim. Biz sun’iy intellektning imkoniyatlari va muammolari, uning iqtisodiyot va jamiyatga ta’sirini muhokama qildik, Isroil bilan texnologik hamkorlik yo‘llarini ko‘rib chiqdik”,  deydi Netanyaxu. Eslatib o‘tamiz