calendar 16 Jul 10:38
eye 145
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jurnalist Gʻarb yetakchilari uchun dahshatli xabar haqida maʼlum qildi

image
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning agar Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonsa darhol Ukraina mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlishi mumkinligi haqidagi bayonoti Gʻarb yetakchilari uchun yomon yangilik hisoblanadi. Bu fikrlarni irlandiyalik jurnalist Chey Bouz aytib oʻtdi.

'Ukrainadagi falokatdan ichki muvaffaqiyatsizliklarini chalgʻitish uchun foydalanayotgan Yevropa Ittifoqi va AQSH uchun bu yanada dahshatli yangilik', deydi jurnalist.

Orban Tramp bilan muzokaralardan soʻng Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishelga yoʻllagan maktubida, agar Tramp prezidentlikka saylansa, darhol Ukrainadagi inqirozni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun vositachi boʻlishini tan olganini qayd etgan.

Respublikachilar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod Jeyms Devid Vens ham 'Fox News' telekanaliga bergan intervyusida Tramp saylovda gʻalaba qozonsa, mojaroga barham berish uchun Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar olib borishini aytib oʻtdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koʻp bora Moskva vositachilarning saʼy-harakatlarini umuman olqishlashini, biroq Ukrainadagi mojaroni faqat ikki tomon orqali tugatish mumkinligi taʼkidlab keladi. Unga koʻra, hech bir vositachiga Moskva va Kiyev oʻrtasidagi yakuniy hujjatlarni imzolash vakolati berilmaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
70
0
xs.uz

Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili

13 May 14:38
 
56
0
xs.uz

Baydenda salomatlik bogʻliq muammo aniqlandi

AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata bezida kichik oʻzgarish tashxisi qoʻyildi. Bu haqda 'The New York Times' gazetasi siyosatchining vakiliga tayanib xabar berdi.'Sobiq prezident oʻtgan juma kunini prostata bezida qoʻshimcha tekshiruvni talab qiladigan kichik oʻzgarish aniqlanganidan keyin Filadelfiya kasalxonasida oʻtkazdi', ' deyiladi xabarda.Baydenning sogʻligʻi va keyingi davolanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.Avvalroq, internet foydalanuvchilari Baydenning qo

08 Jun 02:27
 
35
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga

08 Jun 02:27
 
37
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.