calendar 26 Jul 10:18
eye 129
comments 0
comments Manba: postda.uz

MUHIMI – HARAKATDAN TO‘XTAMASLIK

image

Toshkentda yashovchi S.M. jarqo‘rg‘onlik tadbirkor K.X.dan qiymati 400 million so‘mlik mahsulot xarid qiladi. Kelishuv boshida mahsulotlar uchun 100 million so‘m pulni shu yerning o‘zida beradi, qolgan 300 mil­lion so‘mini biroz muddatdan keyin berishini aytadi. Tadbirkor bunga rozi bo‘ladi. Ammo S.M. mahsulotlarni olib ketgach, qolgan pulni bermaslik uchun ming bir bahonalarni to‘qiy boshlaydi. Oradan ancha vaqt o‘tgach, K.X. ichki ishlar organiga murojaat qiladi. 

Tergov ishini olib borgan Temurmalik Bo‘riyev ustalik bilan dalil to‘plashga kirishadi. Chunki oluvdor qilmishidan bo‘yin tovlashga tushadi. Telefondagi so‘zlashuvlar, kelishuv vaqtidagi guvohlarning ko‘rsatmalari, zarur hujjatlarni to‘plagach, fuqaro S.M. noiloj qilmishini tan oladi va jabrlanuvchiga pullarni to‘lab beradi. 

Katta leytenant T.Bo‘riyev tomonidan fosh etilgan shu kabi firibgarlik, o‘g‘irlik, shaxsga tan jarohati yetkazish kabi jinoiy ishlarga qo‘l urgan kimsalar qonun oldida javob berishdi. Ayniqsa, shu yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan o‘g‘irlik ortidan 7 ta o‘g‘rilik holatiga aniqlik kiritilib, jinoyatchilar qonun ixtiyoriga topshirildi. 

– IIV Akademiyasini tamomlagach, faoliyatimni Qiziriq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhida surishtiruvchilikdan boshladim, – deydi lavhamiz qahramoni. – Bugunga qadar ish faoliyatim davomida turli holatlarga duch keldim, turli jinoiy ishlarning tergov jarayonlarida qatnashdim. Ba’zan ishning mashaqqatli jihatlariga sabr qilishga to‘g‘ri keldi. Ammo, muhimi harakatdan to‘xtamaslik, o‘z ustida ishlash va doimiy izlanish lozimligini tushunib yetdim. 

Temurmalik Bo‘riyev oilali, bir nafar farzandi bor. Turmush o‘rtog‘i Muqaddas Norqulova tibbiyot yo‘nalishida tahsil olmoqda. U ham turmush o‘rtog‘ining mas’uliyatli vazifada ishlashini yaxshi tushun­gan holda, doim qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki oilasida halovat topmagan kishi ishida ko‘ngli to‘lib mehnat qilolmaydi. 

Katta leytenant T.Bo‘riyev jamoat tadbirlarida ham faol. «Eng yaxshi tergovchi» ko‘rik-tanlovida, «Zakovat» intellektual o‘yinlarida yosh bilimdon xodim sifatida qatnashib kelmoqda. Kelgusida esa o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish niyati bor. 

Feruza RAHMONQULOVA,

o‘z muxbirimiz.

Surxondaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.

31 May 08:50
 
45
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

31 May 08:51
 
70
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

31 May 08:51
 
123
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do