Xon Yunisda bombardimon, Boku—Yerevan kelishuvi va Janubiy Xitoy dengizi taqdiri

AQSHning amaldagi yetakchisi Jo Bayden prezidentlik poygasini tark etishini va davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurashmasligini maʼlum qildi. Shunday qilib, u barcha saylov tadbirlarida ishtirok etishni toʻxtatadi.
Shu bilan birga, u muddatining oxirigacha AQSH prezidenti sifatida qolishini taʼkidladi.
'Oʻylaymanki, men saylov poygasidan chiqishim va muddatimning qolgan qismida prezident sifatidagi masʼuliyatimni bajarishga eʼtibor qaratishim partiyam va mamlakat manfaatlariga toʻgʻri keladi', deydi Bayden.
Bayden vitse-prezident Kamala Xarrisni prezidentlik uchun asosiy nomzod sifatida koʻrsatdi.
ActBlue mablagʻ yigʻish platformasiga koʻra, amerikaliklar bir necha soat ichida Kamala Harrisning saylov kampaniyasiga 46,7 million dollar xayriya qilishdi, bu 2024-yilda bir kun ichida eng koʻp miqdorda mablagʻ yigʻish hisoblanadi.
Maʼlum qilinishicha, Demokratik partiyadan prezidentlikka Harris nomzod boʻlsa, Baydenning saylovoldi kampaniyasi davomida yigʻilgan mablagʻlardan foydalanishi mumkin.
'Donald Trampni magʻlub etish uchun Demokratik partiya va xalqni birlashtirish uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilaman. Saylovga 107 kun qoldi. Biz birgalikda kurashamiz va birgalikda gʻalaba qozonamiz', degan Harris.
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp prezident Jo Baydenning 2024-yilgi prezidentlik poygasidan chiqish haqidagi qaroriga oʻz munosabatini bildirdi. Tramp Baydenni qattiq tanqid qilib, 'Bayden mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident sifatida qoladi' deb yozdi.
Tramp Baydenni prezidentlikka nomzod boʻlishga ham yaramasligini bildirgan. Uning fikricha, demokratlar vakilining prezidentlik davri turli muammolarda oʻtdi.
'Prezidentlik mavqeyiga faqat yolgʻon, soxta xabarlar orqali erishgan va yertoʻlasidan chiqmagan', deb yozgan respublikachilar vakili. Demokratik partiya saylovga sanoqli bir necha oy qolganda yangi nomzod topish muammosi bilan yuzlanib turibdi. Vitse-prezident Kamala Xarris hozircha asosiy nomzod, ammo uni qoʻllovchilar kamchilikni tashkil etishi mumkin.
'Sharqiy frontda oʻzgarish bor'
Filippin va Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Ikkinchi Tomas Shoal hududi boʻyicha keskinlikni yumshatish boʻyicha kelishuvga erishgan boʻlishi mumkin.
Qayd etilishicha, Manila har ikki davlat 'BRP Sierra Madre', yaʼni filippinlik askarlar saqlanayotgan eski harbiy kemani qayta yetkazib berish boʻyicha vaqtinchalik kelishuvga kelishib olganini eʼlon qildi. Bu bahsli hududda qarama-qarshiliklarning oldini olishga qaratilgan boʻlishi mumkin.
Maʼlumki, Ikkinchi Tomas Shoalga har ikki davlat daʼvo qilib kelmoqda. Soʻnggi qarama-qarshiliklarda Xitoy qirgʻoq qoʻriqlash xizmati Filippin forpostiga taʼminotni toʻsib qoʻygan edi. Shartnoma keskinlikni yumshatish va kelishmovchiliklarni muloqot orqali hal qilishga umid beradi.
Xitoy tomoni hali bu kelishuv haqida ochiqchasiga izoh bermadi. Tomas Shoal Filippinning gʻarbiy Palavan orolidan taxminan 200 kilometr va Xitoyning Xaynan orolidan 1000 kilometr uzoqroq masofada joylashgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yaponiya va Avstraliya kabi ittifoqchilar Xitoyning agressiv harakatlarini qoralab, Janubiy Xitoy dengizida qonun ustuvorligini taʼminlashga chaqirib keladi.
Tarixan Xitoy deyarli butun Janubiy Xitoy dengiziga daʼvo qiladi va bir qancha boshqa mamlakatlarning eksklyuziv iqtisodiy zonalarini tan olishdan boʻyin tovlab keladi. 2016-yilda xalqaro tribunal Filippin foydasiga qaror chiqarib berganiga qaramay, Pekin Ikkinchi Tomas Shoalga boʻlgan intilishidan voz kechmay, bu qarorni qabul qilishdan bosh tortib kelmoqda.
Bitim muvaffaqiyatli amalga oshiriladimi yoki u maʼlum bir muddat uchun tuzilganmi? Bu savollarga hozircha aniq javob yoʻq.
Ozarbayjon'Armaniston tinchlik shartnomasi
Boku Armaniston bilan tinchlik shartnomasini imzolay olmaydi, chunki ushbu mamlakat konstitutsiyasida Togʻli Qorabogʻ bilan birlashish toʻgʻrisidagi hujjatga havolalar mavjud. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ikkinchi Shusha global mediaforumida aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Mustaqillik deklaratsiyasini oʻz ichiga olgan Armaniston Konstitutsiyasi Ozarbayjon uchun hududiy xavf tugʻdiradi, chunki unda Yerevanning Togʻli Qorabogʻ bilan birlashish istagi rasman mustahkamlangan.
Shu bilan birga, Aliyevning taʼkidlashicha, Ozarbayjonning Armanistonning asosiy qonunini oʻzgartirish talabi uning ichki ishlariga aralashish sifatida qabul qilinmasligi kerak. Uning eslatishicha, mamlakat konstitutsiyasi xalqaro shartnomalardan ustundir va shuning uchun bunday bandning mavjudligi ikki davlat oʻrtasida tinchlik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qiladi.
Ozarbayjon rahbari tinchlik bitimi matni ustida ish hanuz davom etayotganini, 80-90 foizga kelishilganini taʼkidladi.
Isroil Xon Yunisda hujumini davom ettirmoqda. Yana 27 kishi halok boʻldi
Isroil kuchlari evakuatsiya qilish haqidagi varaqalarni tashlaganidan koʻp oʻtmay Sharqiy Xon Yunisda havo hujumlari va artilleriya oʻqlarini boshladi. Bu esa odamlarga koʻrsatmalarga amal qilish imkoniyatini bermagan.
Suv va elektr manbai boʻlmagan hududda ahvol allaqachon ogʻir edi. Odamlar harbiy amaliyotlaridan soʻng oʻz uylariga qaytib ketmoqda. Oxirgi kunlarda Xon Yunisda halok boʻlganlarning soni 17 kishidan 27 nafarga yetdi. Hududdagi Nosir shifoxonasiga jasadlar va yaradorlarning kelishi tinmayapti. Ular orasida bir necha oylik chaqaloqlar ham bor.
Kasalxona shoshilinch tarzda qon topshirish uchun murojaat qilgan. Aytilishicha, tinch aholiga qarshi davom etayotgan qirgʻinlar fonida kasal va yaradorlar hayotiga jiddiy xavf tugʻdiradigan qon birliklarining yetishmasligiga duch kelmoqda.
Isroilning evakuatsiya qilish buyrugʻi Xon Yunisning sharqiy hududlarida 400 mingdan ortiq odamga taʼsir qilgani aytilmoqda.
Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda
Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga
Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end
Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa
Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi
Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan
Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi
Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo