calendar 23 Jul 11:25
eye 81
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”

image
Poytaxtdan kelgan targʻibotchilarning bir guruhi Pastdargʻom tumanidagi jazoni ijro etish muassasasiga bordi.



' Bu uchrashuv kutilmagan bayram tuhfasi boʻldi, ' deydi jazoni oʻtayotganlardan biri. ' Muassasaga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda bir guruh mashhur insonlar keldi. Ularni faqat televizor, internet orqali koʻrganman.

Festival tumandagi 125-maktabda uch avlod vakillari uchun tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bilan davom etdi.



Nurobod tumanida ham festival doirasida 'Vatan madhi' nomli konsert dasturi tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari 'Xalqobod' mahallasida yashovchi Safarovlar xonadoniga tashrif buyurib, oilaviy yutuqlari bilan tanishishdi.

2024-yil Safarovlar oilasi uchun ulkan muvaffaqiyatli keldi. Samarqand davlat chet tillar instituti 1-bosqich talabasi Rayhona Toshmurodova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan 'Kitobxon yoshlar ligasi' onlayn tanlovida Respublika miqyosida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Jasmina Toshmurodova Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Amir Temur tavalludining 688-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan 'Sohibqiron Amir Temur' koʻrik-tanlovida 200 mingdan ortiq bilimdonlar orasida faxrli 2-oʻrinni egalladi. Bundan tashqari, Jasmina 'Zukko kitobxon' koʻrik-tanlovining 2 karra 2-oʻrin sohibasi hisoblanadi.



Axror va Sardor Toshmurodovlar ham 'Besh tashabbus olimpiadasi' doirasida oʻtkazilayotgan 'Zukko kitobxon' tanlovida jami 5-marta ( 3-marta 1-oʻrin, 2-marta 2-oʻrin) gʻolib va sovrindorlar qatoridan oʻrin egallagan.

Safarovlar oilasining eng kichik aʼzosi Shabnam Toshmurodova dastlab Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan 'Mahalladagi kitobxon' tanlovida Respublika miqyosida faxrli 1-oʻrinni egallab, Respublika gʻolibi degan sharafli nomga sazovor boʻldi. 'Zukko kitobxon' koʻrik-tanlovida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

27-iyulga qadar joylarda 'Oila ' maʼnaviyat qoʻrgʻoni', 'Mehr ' muruvvat va saxovat uchun', 'Vatan madhi', 'Inson qadri', 'Mahallada kino', 'Zakovat' intellektual oʻyini, 'Hunarmandlar va tasviriy-amaliy sanʼat koʻrgazmasi', 'Zukko Bolajon!' loyihalari hamda sport musobaqalari tashkil etiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 16:55
 
71
0
xs.uz

Quvasoydagi 12 ming gektar yeri boʻlgan 616 ta fermerning yer soligʻi yarmiga kamaytiriladi

Fargʻonada sanoatga katta turtki beradigan loyihalar koʻpaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar boʻyicha yigʻilishda'qayd etildi.Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyatida energetika, neft-gaz va kimyo sohalarida 2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Jumladan, kuni kecha Beshariqda 500 megavattli, Oʻzbekiston tumanida 180 megavattli fotoelektr sta

26 Jul 10:20
 
51
0
qalampir.uz

Toshkentda hijob kiyib yurgan erkak qamaldi

Kecha, 23 iyul kuni Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangandi. Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida, haqiqatdan h

15 Jul 12:03
 
87
0
qalampir.uz

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotda joriy yil 15 iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanishini aytgan. Unda hukumat qarori bi

17 Jul 10:37
 
81
0
qalampir.uz

Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olindi

Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olindi, ammo u yetkazilgan zararni uch karra miqdorda qoplanganligi sababli garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. Bildirilishicha, Namangan shahridagi XIX asrga oid “Sirli masjid” arxitektura yodgorligining qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasi to‘liq buzib tashlanishi oqibatida yodgorlikka 554,4 mln so‘