calendar 12 Jul 16:55
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

Quvasoydagi 12 ming gektar yeri boʻlgan 616 ta fermerning yer soligʻi yarmiga kamaytiriladi

image
Fargʻonada sanoatga katta turtki beradigan loyihalar koʻpaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar boʻyicha yigʻilishda'qayd etildi.

Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyatida energetika, neft-gaz va kimyo sohalarida 2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, kuni kecha Beshariqda 500 megavattli, Oʻzbekiston tumanida 180 megavattli fotoelektr stansiyalarini qurish ishlariga start berildi.

Toshloqda 120 million dollarlik float oynasi, Oʻzbekiston tumanida 80 million dollarlik 20 turdagi qurilish materiallari korxonasi, Quvasoyda 65 million dollarlik keramo-granit loyihasini tezlashtirish zarurligi qayd etildi.

Quvasoyda elektromobilni zaryadlash stansiyalarini ishlab chiqarish korxonasini joriy yilda ishga tushirish, Rishtonda yiliga 17 ming tonna biologik parchalanadigan notoʻqima mato ishlab chiqarish boʻyicha loyihani jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, yigʻilishda qayd etilishicha, viloyatdagi yirik bogʻbonlarning yerida 50-100 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil qilish taklifi qoʻllab-quvvatlandi. Buni hisobiga ularni eksport salohiyati 2 karra oshadi, yoʻqotishlar 25 foizga qisqaradi, 4 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston, Rishton, Beshariq, Bogʻdod tumanlarida joriy yilda har biri 10 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish topshirildi.

Viloyat bogʻbon-tadbirkorlarining meva-sabzavotni saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalariga xorijiy valyutada olingan kreditlarning 6 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Shu bilan birga, Quvasoydagi 12 ming gektar yeri boʻlgan 616 ta fermerning ogʻirini yengil qilish uchun yer soligʻi yarmiga kamaytirilsa, adolatdan boʻlishi taʼkidlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun

15 Jul 16:17
 
202
0
qalampir.uz

Jazo koloniyalarida alkotesterdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistondagi jazoni ijro etish manzil-koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar tomonidan sodir etilayotgan tartibbuzarliklar sonini kamaytirish maqsadida ushbu muassasalarda alkotesterdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Bu bo‘yicha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq loyihas

03 Sep 21:35
 
5
0
xs.uz

Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar bermaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Unga koʻra, agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan boʻlsa, 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima qoʻllanilishiga sabab boʻladi.Shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar koʻrmaganlik uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan boʻlsa, 10 baravaridan 15 baravarigacha mi

11 Jul 15:12
 
74
0
xs.uz

Fargʻona viloyatda 1,3 mlrd dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda

Keyingi yetti yilda Fargʻona viloyatiga qariyb 77 trillion soʻmlik investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 116 mingta ish oʻrni va 4,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan.Bu yil viloyatda 1,3 milliard dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.Endi Fargʻona viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 7 milliard dollardan ziyod 132 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 2,1 milliard dollarlik 25 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot q