calendar 11 Jul 15:12
eye 109
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻona viloyatda 1,3 mlrd dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda

image
Keyingi yetti yilda Fargʻona viloyatiga qariyb 77 trillion soʻmlik investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 116 mingta ish oʻrni va 4,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan.

Bu yil viloyatda 1,3 milliard dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.

Endi Fargʻona viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 7 milliard dollardan ziyod 132 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 2,1 milliard dollarlik 25 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.

Loyihalarga Avstriya, AQSH, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Yaponiya va Ozarbayjon kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Ular toʻqimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, qurilish materiallari, xizmat koʻrsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Masalan, Xitoy investorlari bilan hamkorlikda Uchkoʻprik tumanida qiymati 50 million dollarga keramik plitalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning natijasida 500 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi. Quva tumanida Saudiya Arabistoni investorlari bilan birgalikda isitish va sovitish tizimlari ehtiyot qismlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Qiymati 50 million dollarlik ushbu loyiha yakunlangach, 350 kishining bandligi taʼminlanadi.

Mazkur 132 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 23 mingdan ortiq aholi ish bilan taʼminlanadi.

Prezidentimiz mutasaddilarga loyihalarning huquqiy-tashkiliy asoslarini tezlashtirish, investorlar uchun barcha sharoitlarni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
48
0
xs.uz

Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga mindirib, sudrab yurgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu voqeani atroflicha oʻrganib, maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar 'Alisher Navoiy' va 'Amir Temur' koʻchalari kesishmasida 'Nexia-3' va 'Lacetti' rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Cho

12 Apr 21:14
 
60
0
xs.uz

Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)

Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari

15 Apr 07:05
 
61
0
xs.uz

Kitob tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyat Kitob tumani Ichki ishlar boʻlimiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB'xabar berdi.Qayd etilishicha, Kitob tumani hokimiyatida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov jinoyatlarni oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan.Yigʻilishda tashkil

31 May 08:49
 
4
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz