calendar 26 Jul 10:20
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda hijob kiyib yurgan erkak qamaldi

image

Kecha, 23 iyul kuni Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangandi. Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida, haqiqatdan ham u Bektemir tumani “Qo‘yliq dehqon bozori” atrofida burqa libosida, yuzini niqob bilan yopgan holda yurganida IIO xodimlari uni to‘xtatib, yuzini ochishni so‘raganida, dastlab ularga qarshilik ko‘rsatganini, keyin chetroqqa o‘tib, yuzini ochganligini, hozirda o‘zining sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, unga nisbatan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan. 

Fuqaroning mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi ish hujjatlaridagi dalolatnoma, ma’lumotnoma, tushuntirish xatlari, fotosuratlar hamda ma’muriy ishda to‘plangan boshqa hujjatlar bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-4-moddasi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga nisbatan 3,4 mln so‘m jarima hamda 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chorsu bozorida ayollar kiyimini kiyib olgan erkakka nisbatan BHMning 110 baravari (3 mln 400 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 19:31
 
121
0
qalampir.uz

Prokuror suddan “Baxti Tashkentskiy” uchun 20 yil qamoq jazosi so‘radi

Jinoyat olamizda “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan 1971 yilda tug‘ilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev 2023 yilning noyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan edi. Dastlab u Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan. 5 oydan ortiq davom etgan tergov harakatlari davomida Qudrat

15 Jul 12:03
 
72
0
qalampir.uz

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari

15 Jul 12:03
 
93
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Trampga hujumni qoraladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentligiga nomzod Respublikachi Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. “Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi. Davlatimiz rahbari ushbu zo‘ravonlik h

28 Jul 00:39
 
94
0
xs.uz

Zoir Mirzayev xodimlarini ragʻbatlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd soʻm ajratdi

Unga koʻra, mazkur mablagʻlar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati hamda 'Yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi' xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan ragʻbatlantirish mablagʻlari hisoblanadi.Xodimlarni ragʻbatlantirish mezonlari mavjud boʻlib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi 7 ta yoʻnalishda baholanadi, bunda ijro v