calendar 17 Jul 10:37
eye 82
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olindi

image

Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olindi, ammo u yetkazilgan zararni uch karra miqdorda qoplanganligi sababli garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Bildirilishicha, Namangan shahridagi XIX asrga oid “Sirli masjid” arxitektura yodgorligining qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasi to‘liq buzib tashlanishi oqibatida yodgorlikka 554,4 mln so‘m zarar yetkazilganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida yodgorlikka zarar yetkazgan qurilish korxonasi rahbari O.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (Moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 3-qismi va boshqa moddalari bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ammo, tergov davomida ayblanuvchi O.P. tomonidan yetkazilgan 554,4 mln so‘m zarar uch karra miqdorda ya’ni 1 mlrd 663 mln so‘m qoplanganligi sababli qonunchilik talablariga asosan, unga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

“Hozirda, mazkur jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. Jinoyat kodeksining 132-moddasi 4-qismiga asosan, tarixiy yodgorlikka yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 18:14
 
58
0
xs.uz

Qirgʻiziston rahbari Xivadagi yirik gilamchilik korxonasi bilan tanishdi

2020-yilda tashkil etilgan mazkur korxonada yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilib, Xitoy, Rossiya, AQSH, Qozogʻiston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.Yevropaning yetakchi davlatlari texnologiyasi bilan jihozlangan zamonaviy kombinatda bugungi kunda 750 kishi mehnat qilmoqda.Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumini, shuningdek, kombinat hududida tashkil etilgan 'Made in Uzbekistan' brendi ostidagi sanoat mahsulotl

19 Jul 12:52
 
102
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ga oid ishdagi yagona ayol sudlanuvchiga sud hukmi o‘qildi 

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Jumaniyozova sud zalida qamoqdan darhol ozod etildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi. Sud hukmiga ko‘ra, Nargiza Jumaniyozovaga 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu muddat davomida 20:00 dan 7:00 gacha uydan chiqmasli

26 Jul 10:20
 
29
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M

22 Jul 11:23
 
53
0
xs.uz

Noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan 10 ming qutiga yaqin tamaki mahsuloti fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax, Andijon va Namangan viloyat boʻlimlari tomonidan noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan bir qator shaxslar ushlandi. Bu haqda Departamentning axborot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.M.ning savdo doʻkoni va avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda sotish maqsadida noqo